Oltiboev Alisher Meylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi (1991-2020 yillar misolida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3. PhD/Tar543
Ilmiy rahbar: Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Abdumuminov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020 yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari tarixini yoritib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar qo‘shni davlatlar orasida birinchilardan bo‘lib “abadiy do‘stlik” va “strategik sherikchilik” darajasiga ko‘tarilganligi hamda ikki mamlakatning 2017 yil mart oyida “Strategik sherikchilikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida”gi qo‘shma deklaratsiya kelishuvi orqali yangi bosqichga olib chiqilganligi isbotlangan;   
Ikki mamlakatning hamkorlik aloqalari “Yagona iqtisodiy makon barpo etish”, “Yadro qurolidan xoli xududni yaratish”, “Maslahat uchrashuvi” kabi tashabbuslar doirasida amalga oshirilayotganligi va bu Markaziy Osiyoda xafsizlik, tinchlik, barqaror rivojlanishni ta’minlashga, terrorizm,  diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘z samarasini beryotganligi asoslab berilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan muammoli masalalar xususan, iqtisodiy hamkorlik aloqalari dinamikasining o‘zgaruvchanlik sabablari O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari misolida tahlil qilingan hamda bojxona to‘lovlarini bekor qilish, valyuta almashtirish punktlari, kliring palatalari va ularning filiallarini ochish, ichki bozorni birlamchi ehtiyoj mahsulotlari bilan to‘ldirish kabi masalalar dastlabki choralar sifatida ko‘rilganligi  dalillangan. 
 O‘zbekistonda Abay Qo‘nonboev, Qozog‘istonda Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish, o‘zbek va qozoq xalqlari birdamligi uchun xizmat qilgan adiblarning asarlarini nashr ettirish, ta’lim, ilm-fan, turizmni rivojlantirishda “Ta’lim kunlari”, “Mega-info-turlar”, “Road-shou”, “WorkShop – Ipak yo‘lidagi turizm”, “Qozog‘iston-O‘zbekiston: Buyuk dasht – an’anaviy mehmondo‘stlik” kabi tadbirlar nafaqat davlat dasturlari, balki xalq diplomatiyasi doirasida ham amalga oshirilganligi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlik aloqalari va uning rivojlanish tarixi hamda unga oid ishlab chiqilgan ilmiy tahlil natijalari va amaliy takliflardan:
Markaziy Osiyodagi azaldan qon-qardosh bo‘lgan, urf-odatlari va e’tiqodi bir-biriga yaqin hisoblangan xalqlarni o‘zaro ahil qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlari, ularning milliy va diniy qadriyatlari, turmush tarzi va an’analari tarixan bir bo‘lganligi, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishida milliy, diniy va hududiy mushtaraklik omili xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilganligi va o‘zaro munosabatlarining uzoq tarixga ega ekanligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston qozoq milliy-madaniy markazi va “O‘zbekiston – Qozog‘iston” (2017-2020 yy.) do‘stlik jamiyatining faoliyatida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 13 yanvardagi 14-07-57-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ushbu markaz va jamiyat faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularni rivojlantirishga, davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda xizmat qilgan;
mamlakatlararo madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik, xususan ilm-fan va ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va ularning natijalari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy tadqiqotlar, aholi turmush tarzidagi o‘zgarishlar va ulardagi tranformatsion jarayonlar to‘g‘risidagi materiallar o‘zbek-qozoq xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 fevraldagi 02/07-209-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ikki davlat va xalqlarning hamkorlik aloqalari tarixini o‘rganish, o‘zaro aloqalar bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo-sotiq, tovar ayirboshlash, zamonaviy logistik tizimlarning shakllantirilishi, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda “Buyuk Ipak yo‘li” g‘oyasi asosida ikki davlat aloqalaridan mintaqa va jaxon miqyosidagi yagona turistik yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish hamda “Bir makon – bir yo‘l” xalqaro loyihasini rivojlantirish orqali iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikda katta yutuqlarga erishish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 19 iyuldagi 784-62-74-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar keng xalq ommasini O‘zbekiston va Qozog‘iston tarixi, madaniyati va o‘zaro hamkorligi hamda turizm salohiyatiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish