Umarov Djamshid Xasanovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuv bosqichidagi gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayonini kompleks nazorat qilish metodologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped288.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilorom Djumaniyozovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuv bosqichidagi gimnastikachilar mashg‘ulot jarayonini tashkil etish va boshqarishda kompleks nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport gimnastikasida mashg‘ulot va musobaqalarga maqsadli tayyorlash uchun musobaqa faoliyatida tayyorgarlikning turli tarkibiy qismlari bo‘yicha integral nazorat qilish bloklarini (joriy, tezkor, bosqichli) ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot jarayonini boshqarish uslubiyati takomillashtirilgan;
sport gimnastikasida musobaqa jarayonini boshqarish uchun yillik tayyorgarlik bosqichida taqvim rejasini inobatga olib yuklamaga moslashuvchan va kam moslashuvchan sportchilarning bosqichli nazoratda funksional o‘zgarishlar darajasi bo‘yicha maxsus yuklama chidamliligining individual tabaqalashgan mezotsiklini ishlab chiqish hisobiga gimnastikachilarni variativ tayyorlash imkoniyati takomillashtirilgan;
sport gimnastikasida musobaqa elementlarini ekspert baholash va texnik harakatlarni bajarishda tezkor-kuch imkoniyatlari bir vaqtda amalga oshiriladigan (zarbdor) mezotsikl uchun maxsus tayyorgarlik davridagi shiddatli yuklamalarda tiklanish tezligini oshirishga qaratilgan tezkor funksional (YuQS) holatini aniqlash hisobiga keyingi mashg‘ulotni tanlash imkoniyati kengaytirilgan;
sport gimnastikasida yuqori malakali sportchilarning katta yuklamalarda jismoniy va hissiy zo‘riqishni kamaytirish uchun elementlarni bajarishga nisbatan kuchlanish (muskul guruhlarini garmonik jihatdan mustaxkamlash), qarshilik (o‘z vazniga nisbatan) va charchoq holatini o‘zgarishi bo‘yicha o‘zgaruvchan mashg‘ulot rejimini joriy qilish va tezkor nazorat qilish hisobiga intensiv yuklamalarga moslashish imkoniyati kengaytirilgan;
gimnastikachilarning ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonidagi tayyorgarlik imkoniyatlaridan kelib chiqib egiluvchanlikka yo‘naltirilgan kompensatsiyalashgan nazorat ko‘rsatkichlarini rejalashtirish talablarini statik (muskullar kuchlanishiga nisbatan uzoq vaqt muvozanatni saqlab turish) va dinamik (chegaraga yaqin og‘irliklar bilan ishlaganda harakat muvozanatini saqlash) rejimda (tos-son bo‘g‘imlarining holati) ishlab chiqish hisobiga jismoniy qobiliyatlarni bosqichma-bosqich baholash imkoniyati kengaytirilgan;
14-16 yoshli gimnastikachilarning sport takomillashuv bosqichida ko‘pkurash turlari uchun musobaqada bajariladigan elementlar (erkin mashq, dastakli ot, xalqa, tayanib sakrash, qo‘shpoya, turnik) toifalaridan kelib chiqib tanlash imkoniyatini beruvchi jismoniy sifatlarini rivojlantirish hisobiga kompleks nazorat talablari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport takomillashuv bosqichidagi gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayonini kompleks nazorat qilish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
sport gimnastikasida mashg‘ulot va musobaqalarga maqsadli tayyorlash uchun musobaqa faoliyatini nazorat qilgan holda ishlab chiqilgan sport gimnastikachilarning xar tamonlama tayyorgarligini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan kompleks nazorat metodologiyasi Gimnastika oliy sport mahorat maktabida o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 06-13/557-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy materiallar orqali “Sport faoliyati” va “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” yo‘nalishining nazariy asoslari kengaytirilgan;
mashg‘ulot jarayoni uchun yillik tayyorgarlik bosqichida vosita, usul va uslublarni tanlashni rejalashtirish va shakllantirish, shuningdek, ularning dasturiy asosini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-amaliy ma’lumotlar “Sportda saralash, modellashtirish va bashorat qilish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-014 raqamli guvohnoma). Natijada gimnastika turlari, akrobatika boshqa tezkor-kuch hamda egiluvchanlik sifatlarini ilmiy-nazariy uslubiyati takomillashtirilgan;
mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini hajm va shiddatlari belgilab beruvchi musobaqaviy elementlarini gimnastikachilar tayyorgarligining individual xususiyatini hisobga olish asosida ularning ko‘pkurash turlari metodikasi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport gimnastikachilarining o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 06-13/557-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar gimnastikachilarning dastur elementlarini bajarish natajalarini 13,2%ga va ixtiyoriy dasturni bajarish natijalarini 14,6%ga oshirish imkonini bergan;
ko‘p yillik sport tayyorgarligi bosqichida gimnastikachilarning kompensatsiyalashgan nazorat ko‘rsatkichlari va jismoniy qobiliyatlarni bosqichma-bosqich baholash imkoniyatlarin tajribada asoslashda Farg‘ona viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 06-13/557-son ma’lumotnomasi). Natijada baholash tavsiflari ko‘p yillik sport tayyorgarligining turli bosqichlarida gimnastikachilarning kompensatsiyalashgan nazorat ko‘rsatkichlari va jismoniy qobiliyatlarni samarali aniqlash imkonini bergan;
sport gimnastikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligi baholash va sport takomillashuv bosqichida gimnastikachilar uchun ishlab chiqilgan kompleks nazorat natijalari Gimnastika oliy sport mahorat maktabida shug‘ullanuvchi malakali gimnastikachilarning mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 06-13/557-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachilarning mashg‘ulot yuklamalarga chidamlilik darajasi 11,3 % ga oshishiga erishilgan;
sport gimnastikachilar sport tayyorgarligining darajasini individual va tabaqalashtirilgan yondashuv orqali mashg‘ulot jarayonini rejalashtiruvchi nazorat testlari majmuasi sport takomillashuv bosqichidagi gimnastikachilari o‘quv mashg‘ulot jarayonida qo‘llash bo‘yicha takliflar “Sportda saralash, modellashtirish va bashorat qilish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i, 166-014 raqamli guvohnoma). Taklif etilayotgan nazorat testlar majmuasi yosh gimnastikachilarning sport tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun qo‘llanilgan;
mashg‘ulot va musobaqa faoliyatini texnik tayyorgarligida, maxsus jismoniy tayyorgarlikni va organizmning funksional holatini bosqichli, tezkor va joriy nazoratini baholash hamda yosh gimnastikachilarni turli intensivlikdagi mikrotsikllarda mashg‘ulot yuklamalaridan so‘ng organizmining to‘liq tiklanish muddatlarini belgilashning maqbul echimi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining gimnastikachilari o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 06-13/557-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachilarning ko‘pkurash turlari elementlarini barqaror o‘sish dinamikasi: erkin mashqlar 10,4%, dastakli otda 7,7%, Xalqada 8,2%, Tayanib sakrashda 7,5%, Qo‘shpoyada 8,1%, va turnikda bajarish bo‘yicha 8,9% ni tashkil etgan;
o‘quv-mashg‘ulot bosqichi hamda sport takomillashuv bosqichidagi gimnastikachilarning sport tayyorgarligiga mo‘ljallangan metodikalar Farg‘ona viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 06-13/557-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodikalar sport gimnastikachilarning natijadorligini: o‘quv-mashg‘ulot bosqichida dastur talablarini bajarishda 10,4% ga, sport takomillashtirish bosqichida ko‘pkurash (majburiy va ixtiyoriy) elementlarni bajarishda 6,7 dan 13,2% gacha oshirishga imkon bergan.