Ochilov Elbek Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “15-16 yoshli kurashchilarda raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash bilan bog‘liq anaerob chidamkorlikni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2028.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Sherzod Sirlibaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi 15-16 yoshli kurashchilarda raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlashga mo‘ljallangan anaerob chidamkorlikni baholash hamda rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
15-16 yoshli kurashchilarning raqibni ikki tomonga oshirib tashlashdagi yuklamalarda assimetrik farqni aniqlash asosida noqulay tomonga raqibni muvozanatdan chiqarish yolg‘on hujum, murakkab kombinatsiya variantlarini musobaqa sharoitida modellashtirish hisobiga simmetrlash imkoniyati kengaytirilgan;
15-16 yoshli kurashchilarning anaerob chidamkorligini rivojlantirish uchun subkritik va kritik tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarishda dam olish intervallarini ta’sir etish yo‘nalishidan kelib chiqib yurak qisqarish soni (funksional ko‘rsatgichlar bo‘yicha) mashg‘ulot yuklamasini fiziologik boshqarish hisobiga jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
turli vazn toifasiga mansub 15-16 yoshli kurashchilarning raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan (jismoniy va funksional tayyorgarligiga qarab) anaerob chidamkorligi rivojlantirishga qaratilgan haftalik mikrotsikllarni ishlab chiqish hisobiga maxsus ish qobiliyati oshirilgan;
15-16 yoshli kurashchilarda anaerob chidamkorlikni rivojlantirish uchun kuch chidamkorligini oshiruvchi yuqori shiddatda tashqi yuklama bilan bajariladigan mashqlar arqonga tirmashib chiqishda belga qo‘shimcha og‘irlik bog‘lash kabi mashg‘ulotlarni kiritish hisobiga musobaqalarda g‘alaba qozonish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 15-16 yoshli kurashchilar misolida o‘tkazilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari asosida:
15-16 yoshli kurashchilarning raqibni ikki tomonga oshirib tashlashdagi yuklamalarda assimetrik farqni aniqlash asosida noqulay tomonga musobaqa sharoitida usullarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i asosan 133-099 raqamli guvohnoma). Natijada kurashchilarning raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash qobiliyati 5,6% ga oshishiga erishilgan;
15-16 yoshli kurashchilarning anaerob chidamkorligini rivojlantirish uchun subkritik va kritik tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarishda dam olish intervallarini (funksional ko‘rsatgichlar bo‘yicha) boshqarish bo‘yicha takliflar, O‘zbekiston kurash federatsiyasiyasida shug‘ullanuvchilar bilan olib borilgan mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 03-17-2/2701-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasining 2021 yil 28 apreldagi 14-son dalolatnomasi). Natijada raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash soni o‘rtasida mavjud bo‘lgan assimmetrik farq o‘quv yili boshida 2,4 martaga, o‘quv yili yakuniga kelib 0,3 martaga qisqarishiga erishilgan;
turli vazn toifasiga mansub 15-16 yoshli kurashchilarning raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan haftalik mikrotsiklni qo‘llash bo‘yicha takliflar an’anaviy mashg‘ulotlarda jismoniy va funksional tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha takliflar “Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevral 133-son buyrug‘i, 133-099 raqamli guvohnoma). Natijada 10 soniya ichida o‘ng elkadan oshirib tashlash soni 14,52%, chap elkadan esa 20,59% ga, raqibni 10 marta o‘ng elkadan oshirib tashlash vaqti 11,89%ga, chap elkadan oshirib tashlash vaqti 19,63% ga yaxshilangan;
kurashchilar raqibni o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash usullarini simmetrik tartibda shakllantirishga imkon yaratuvchi anaerob chidamkorlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlar majmuasi O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan 15-16 yoshli kurashchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyudagi 03-17-2/2701-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasining 2021 yil 28 apreldagi 13-son dalolatnomasi). Natijada kurashchilarning o‘ng va chap tomonlama ko‘tarib tashlash usulini simmetrik shakllanishi 7,6% ga oshishiga erishilgan.