Aripova Vasila Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni harakatli o‘yinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2018.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljon Dexkanovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Mexriddin Junaydillaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatli o‘yinlardan va noan’anaviy gimnastika mashg‘ulotlaridan foydalanish orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun harakatli o‘yinlarning turlari, xususiyati, bajarilishini inobatga olib ularni juftlik yoki yakkalikdagi oddiy hamda murakkab harakatlarni ijodiy, syujetli, sport elementlari bo‘yicha maqsadli tanlash va yo‘naltirishga qaratilgan kartotekasini ishlab chiqish hisobiga jismoniy ko‘rsatkichlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida noan’anaviy gimnastika (kallanetika va bodifley) orqali bo‘g‘imlarni ortiqcha yuklama bermasdan mushaklar tizimini mukammal darajada mustahkamlash va nafas olish bilan birgalikda statik holatda mushaklar tarangligini mutanosib rivojlantirishga qaratilgan mikromashg‘ulotlarni ishlab chiqish hisobiga qaddi-qomatni shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun belgilangan asosiy harakat turlarini bajarishda mushaklarni elastik cho‘ziluvchanligini oshirishga qaratilgan gimnastika turlaridan tashkil topgan sog‘lomlashtiruvchi streching va kichik mushak guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan bolalar yoga mashg‘ulotlarini kiritish hisobiga harakat faolligi rivojlantirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan harakatli o‘yinlarga o‘rgatish bo‘yicha zaruriy harakat faoliyatini rivojlanganlik darajasi bo‘yicha mashg‘ulotning “Quvnoq o‘yinlar” dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy qobiliyatlarini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun harakatli o‘yinlarning turlari, xususiyati, bajarilishini inobatga olib ularni maqsadli tanlash va yo‘naltirishga qaratilgan harakatli o‘yinlar kartotekasini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport (Gimnastika)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son, 441-028 raqamli guvoxnoma). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy qobiliyatlari 10,5%ga yaxshilangan;
mashg‘ulotlar jarayonida noan’anaviy gimnastika (kallanetika va bodifley) orqali bug‘imlarni ortiqcha yuklama bermasdan mushaklar tizimini mukammal darajada mustahkamlash va nafas olish bilan birgalikda statik holatda mushaklar tarangligini mutanosib rivojlantirishga qaratilgan mikromashg‘ulotlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar Uchtepa tumani 604-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 29 iyuldagi 03-17-02-3354-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar qaddi-qomati 25% ga to‘g‘ri shakllanishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun belgilangan asosiy harakat turlarini bajarishda mushaklarni elastik cho‘ziluvchanligini oshirishga qaratilgan streching va bolalar yoga mashg‘ulotlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar Uchtepa tumani 604-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 29 iyuldagi 03-17-02-3354-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan rivojlanishi bo‘yicha harakat faolligi 10.5% ga o‘zgargan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan harakatli o‘yinlarga o‘rgatish bo‘yicha “Quvnoq o‘yinlar” dasturi “Jismoniy tarbiya va sport (Gimnastika)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son buyrug‘i, 441-028-raqamli guvoxnoma). Natijada Uchtepa tumani jismoniy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish o‘rtacha 10% ga oshishiga erishilgan.