Tadjibaeva Shoxida Abdurazakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olish pedagogik shart-sharoitlari», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped881. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti,  DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori;  Sodiqov Ulug‘bek, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olish pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarni oldini olishning pedagogik shartlari o‘quvchilarda ijodiy munozaralar va tortishuvlar haqidagi ijobiy pozisiyani qat’iy qaror toptirish, murosaa madaniyatini uzluksiz shakllantirish, kommunikativ kompetensiyalarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos rivojlantirish asosida takomillashtirilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olish modeli ta’lim sub’ektlarining shaxsiy fazilatlari, yoshi, individual-psixologik xususiyatlari, ijtimoiy holati, shaxsiy yo‘nalganligi hamda diagnostik va korreksion ko‘rsatkichlari ekspert matrisasini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarni oldini olish texnologiyasi umumiy o‘rta ta’lim sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarida nizo va ixtilof yuzaga kelishi ob’ektiv sabablari va nostandart ko‘rinishlari integratsiyasini  bosqichma-bosqich aniqlashtirish hamda ijodkorlik kompetensiyalarini baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan;
ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olishning pedagogik shart-sharoitlari murosaa madaniyati, korreksion-rivojlantiruvchi harakatlar  faoliyatni ijtimoiy munosabatlar bilan izchil integratsiyalash hamda axloqiy me’yorlarga oid tarbiyaviy chelenjlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarni oldini olishning pedagogik shartlari o‘quvchilarda ijodiy munozaralar va tortishuvlar haqidagi ijobiy pozisiyani qaror toptirish, murosaa madaniyatini shakllantirish, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlarining pedagogik-psixologik xususiyatlari  hamda ta’lim sub’ektlarining faol monitoring darajasini moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 iyundagi 02-07-1637/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mavzuga doir atamalarini zamonaviy fan tadqiqotlari asosida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslashga erishilgan.
umumiy o‘rta ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olish modeli ta’lim sub’ektlarining shaxsiy fazilatlari, yoshi, individual-psixologik xususiyatlari, ijtimoiy holati, shaxsiy yo‘nalganligini  shaxsiy qadriyatlar tuzilmasi  integratsiyasi hamda diagnostik va korreksion ko‘rsatkichlar ekspert matrisasini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 sonli «Tabiiy fanlar (fizika va biologiya) bo‘yicha yangi avlod elektron o‘quv qo‘llanmalarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 iyundagi 02-07-1637/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik konfliktologiya metodlarini tasniflash texnologiyalarini takomillashtirishga imkon yaratilgan.
ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarni oldini olish texnologiyasi umumiy o‘rta ta’lim sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarida nizo va ixtilof yuzaga kelishi ob’ektiv sabablari va nostandart ko‘rinishlari integratsiyasini  bosqichma-bosqich aniqlashtirish hamda ijodkorlik kompetensiyalarini baholash mezonlari asosida takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli innovatsion grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 iyundagi 02-07-1637/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
ta’lim sub’ektlari orasida ixtilof va nizolarning oldini olishning pedagogik shart-sharoitlari murosaa madaniyati, korreksion-rivojlantiruvchi harakatlar  faoliyatni ijtimoiy munosabatlar bilan integratsiyalash hamda axloqiy me’yorlarga oid tarbiyaviy chelenjlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga doir ishlanmalar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8-sonli «Tabiiy fanlar (fizika va biologiya) bo‘yicha yangi avlod elektron o‘quv qo‘llanmalarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 iyundagi 02-07-1637/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik jamoada ixtilof va nizolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan elektron ta’limiy resurslarni ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish