Yarashev Bobomurod Chalgashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solish”, 12.00.05 – “Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu249.
Ilmiy rahbar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Amindjanova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Sattarova Gulnoza Djurakulovna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat qonunchiligining “xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik prinsipi”ni “hech bir lokal hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas” mazmunida boyitish zarurati asoslab berilgan;
ish beruvchi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining saylab qo‘yiladigan organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qanday lokal hujjatlar qabul qilinishi mumkinligini mehnat qonunchiligida belgilash zarurati asoslantirilgan;
lokal hujjatlarda xodimlar uchun ularga nisbatan amal qilishi tatbiq etiladigan jamoa kelishuvlarida belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari nazarda tutish hamda lokal hujjatlarga xodimning holatini jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishni ta’qiqlash zarurati asoslab berilgan;
mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun ish haqiga ustamalar sifatida o‘rtacha ish haqi tarkibidan chiqarib tashlanadigan to‘lovlardan tashqari tarif stavkalari va ishbay baholash bo‘yicha to‘lovlar, tashkilotning mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar belgilanishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
ish beruvchi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining saylab qo‘yiladigan organi (kasaba uyushmasi qo‘mitasi, kasaba uyushmasining tashkilotchisi yoki kasaba uyushmasi guruhining tashkilotchisi) yoki xodimlarning boshqa vakillik organi  bilan kelishgan holda qanday lokal hujjatlar qabul qilinishi mumkinligini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilash yuzasidan taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 6-moddasini 6-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2022 yil 16 fevraldagi 05/1-03-37-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsipini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
mehnat qonunchiligining “xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik prinsipi”ni “hech bir lokal hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas” mazmunida boyitish yuzasidan taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 8-moddasini 2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2022 yil 16 fevraldagi 05/1-03-37-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qilgan;
lokal hujjatlarda xodimlar uchun ularga nisbatan amal qilishi tatbiq etiladigan jamoa kelishuvlarida belgilanganiga nisbatan  qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari nazarda tutish hamda lokal hujjatlarga xodimning holatini jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishni taqiqlash yuzasidan takliflari yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 14-moddasini 3-4-bandlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2022 yil 16 fevraldagi 05/1-03-37-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qilgan;
mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun ish haqiga ustamalar sifatida o‘rtacha ish haqi tarkibidan chiqarib tashlanadigan to‘lovlardan tashqari tarif stavkalari va ishbay baholash bo‘yicha to‘lovlar, tashkilotning mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlarni belgilash yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 743-son qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffisientlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 2-bobini 6-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi 12/21-11-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish