Sayt test rejimida ishlamoqda

Sinjapova Rusana Ruslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Til va diskurs tizimida konseptual integratsiyaning kognitiv tamoyili”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil822.
Ilmiy rahbar: Ashurova Delyaram Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash). 
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Go‘zal` Rashitovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi til va diskurs tizimida konseptual integratsiya tamoyiliga asoslangan lingvistik birliklarni ochib berish hamda konseptual integratsiya jarayonida o‘rnatilgan asosiy kognitiv mexanizmlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til tizimi va diskursda konseptual integratsiya tamoyiliga asoslangan asosiy til birliklari aniqlanib, konseptual integratsiya tamoyiliga asoslangan so‘z yasovchi va frazeologik birliklarning kognitiv mohiyati ochib berilgan;
asosini konseptual integratsiya tamoyili tashkil qiluvchi stilistik usulning kognitiv tuzilma sifatida yangicha tushunilishi, konseptual integratsiya va intertekstuallik hodisasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
badiiy diskurs, xususan, uning sarlavhasini talqin qilishda konseptual integratsiya nazariyasi, freymli tahlil va kognitiv kontekstni qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
mazkur fenomenni belgilovchi kognitiv mexanizmlarni yuzaga chiqarish maqsadida konseptual integratsiya nazariyasini yanada rivojlantirish amalga oshirilib, konseptual integratsiyaning asosida ikki yoki undan ortiq domenlarning o‘zaro ta’siri, fokuslash-defokuslash, emerjentlik va inferentlik singari kognitiv mexanizmlar yotishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til va diskurs tizimida konseptual integratsiyaning kognitiv tamoyili tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konseptual integratsiya nazariyasi va uning badiiy nutqida lingvistik ifodalanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan “I-OT-2019-7 raqamli “Umumta’lim maktablari uchun interfaol 3D-tizim o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy qilish (5-sinf “Adabiyot” fani bo‘yicha)” (2019-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 02-15/747-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha badiiy matn talqiniga oid o‘quv-uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
so‘z yasalishi va frazeologik birliklar, shuningdek, konseptual integratsiyaning kognitiv tamoyillariga asoslangan stilistik usullar tadqiqiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent  davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “I-OT -2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining poetik elektron lug‘atini yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusigi innovatsion loyihaning ilmiy-nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent  davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 2 martdagi  04/1-440-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik birliklar, konseptual integratsiya mexanizmi, metafora va epitetlar tahlili, yasama va qo‘shma so‘zlar, frazeologik birikmalar bilan loyiha materiallari boyitilgan;
til birliklarini konseptual integratsiya nuqtai nazaridan o‘rganish, metafora va epitetlar tahlili, yasama va qo‘shma so‘zlar, frazeologik birikmalarga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Foreign languages” telekanalining “Metod”, “Kun tartibi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 fevraldagi 02-05-467-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning ilmiy samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish