Sayt test rejimida ishlamoqda

Nurtulashev Mansur Jurabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuvning konseptual modeli (sinergetik tahlil)», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal15.
Ilmiy rahbar: Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuvning konseptual modellarining mohiyati hamda ularning sinergetik jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuvning integratsiyalashuvga xizmat qiladigan uzluksiz tendensiyalari, keng qamrovli murakkab o‘zgarishlari, ko‘p o‘lchovli elementlari va nochiziqli tafakkurni shakllantirish jamiyat taraqqiyotiga ob’ektiv ta’sir etishi ochib berilgan; 
globallashuvning moslashuvchan, funksional, institusional, fenomenologik elementlari  jamiyatdagi konvergent va divergent jarayonlar bilan bog‘liqlikda innovatsion taraqqiyotga erishishning global makonni anglashga oid gnoseologik jihati asoslangan;
globallashuvning gumanitar, iqtisodiyot, ekologik muvozanatning buzilishi, iqlimiy, texnologik, axborot, energetika sohasidagi inqiroz va tabiiy resurslar muammosi bilan bog‘liqligi, integratsiya jarayonlarida tizimlilikka erishish uchun tartibga tomon harakatdada sinergetikaning imkoniyatlaridan foydalanish zaruriyati asoslangan;
globallashuv va insoniyat kelajagini prognozlashtirish zaruratini baholashga oid zamonaviy paradigmalar, kategorial o‘zgarishlarning deterministik va indeterministik talqini hamda jamiyat taraqqiyotining nochiziqli rivojlanishidagi zaruriyat va tasodif bilan bog‘liq integrativ omili ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuvning  konseptual modeli (sinergetik tahlil) bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
globallashuvning integratsiyalashuvga xizmat qiladigan uzluksiz tendensiyalari, keng qamrovli murakkab o‘zgarishlari, ko‘p o‘lchovli elementlari va nochiziqli tafakkurni shakllantirish jamiyat taraqqiyotiga ob’ektiv ta’sir etishiga oid taklif va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida jamiyat hayotining tuzilmaviy-funksional jihatlarini tahlil qilishda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2021 yil 25 oktyabrdagi 02/436-son ma’lumotnomasi). Natijalar globallashuv jarayonini jamiyat hayoti va inson dunyoqarashiga ta’sirini o‘rganishda sifatiy sotsiologik tadqiqotlarni nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
globallashuvning moslashuvchan, funksional, institusional, fenomenologik elementlari  jamiyatdagi konvergent va divergent jarayonlar bilan bog‘liqlikda innovatsion taraqqiyotga erishishning global makonni anglashga oid gnoseologik jihatiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati doirasida Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘linmasining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasining oliy ta’lim muassasalarida «Globallashuv sharoitida yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish yo‘llari», «Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish» mavzularida targ‘ibot tadbirlari, ma’naviy- ma’rifiy ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/007-916-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimizda global o‘zgarishlar talablarini jamiyat hayotiga samarali tatbiq qilish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
globallashuvning gumanitar, iqtisodiyot, ekologik muvozanatning buzilishi, iqlimiy, texnologik, axborot, energetika sohasidagi inqiroz va tabiiy resurslar muammosi bilan bog‘liqligi, integratsiya jarayonlarida tizimlilikka erishish uchun tartibga tomon harakatdada sinergetikaning imkoniyatlaridan foydalanish zaruriyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan ishlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 10/553-son ma’lumotnomasi). Natijalar atrof-muhitni asrash va insonlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
globallashuv va insoniyat kelajagini prognozlashtirish zaruratini baholashga oid zamonaviy paradigmalar, kategorial o‘zgarishlarning deterministik va indeterministik talqini hamda jamiyat taraqqiyotining nochiziqli rivojlanishidagi zaruriyat va tasodif bilan bog‘liq integrativ omiliga doir xulosa, taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining yillik ish rejasining “Globallashuv sharotida yoshlar ongining o‘zgarishi va oqibatlari” bandini to‘ldirishda va hududlarda “Inson ma’naviy kamolotida axloqiy tarbiyaning o‘rni” mavzusidagi targ‘ibot tadbirlari hamda tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 651-son ma’lumotnomasi). Natijalar targ‘ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish