Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdulhakimova Yulduz G‘ofur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil12078.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash). 
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Almaz Ulviy Binnatova, filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarida ijodiy an’ana va individual poetik tafakkurning namoyon bo‘lish shakllari hamda usullarining o‘zaro uyg‘un va o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.      
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarida  individual poetik tafakkurning namoyon bo‘lish shakllari va usullari aniqlanib, har ikkala doston mualliflari ijodiy niyatining asosini tashkil qiluvchi hamd, munojot, na’t, salaflar vasfi kabi muqaddimalar ochib berilgan; 
“Layli va Majnun” dostonlarining syujet xususiyatlari va kompozisiya poetikasi tekshirilib, Fuzuliy dostonidagi ikkilamchi janrlarning doston mazmuni va ijodkor poetik tafakkurini ochishda katta ahamiyatga ega bo‘lganligi dalillangan;
har ikkala dostonda muallif g‘oyaviy niyatining asosini tashkil etuvchi muqaddimalar qiyosiy tekshirilib, Majnun obrazi takomilida psixologik tasvir va adabiy motivlar, Layli va unga yondosh obrazlar vositasida mualliflarning portret va xarakter yaratish mahorati hamda dostonlardagi obrazlar tizimining mushtarak jihatlari aniqlangan;  
Navoiy va Fuzuliy dostonlaridagi maktublar, g‘azal va murabba’lar, tabiat tasviri, badiiy tasviriy vositalari va poetik uslublarning o‘ziga xosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarida epik tasvir mahoratining namoyon bo‘lish usullari, har ikkala doston mualliflari ijodiy niyatining asosini tashkil qiluvchi muqaddimalar hamd, munojot, na’t, salaflar vasfiga doir boblar qiyosiy tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2022 yil 29 martdagi 04/1-552-son ma’lumotnomasi). Natijada “Layli va Majnun” dostonlaridagi poetik obrazlar tizimining umumsyujetdagi o‘rniga doir kuzatishlar adabiyotshunoslikdagi mavjud nazariy fikrlarning boyishiga asos bo‘lgan; 
“Layli va Majnun” dostonlarining syujet xususiyatlari va kompozisiya poetikasi hamda Fuzuliy dostonidagi ikkilamchi  janrlarning doston mazmuni va ijodkor poetik tafakkurini ochishdagi o‘rni, Majnun obrazi talqinida psixologik tasvir va adabiy motivlar hamda Layli va unga yondosh obrazlar talqinida portret va xarakter tasviri obrazlar tizimining qiyosiy tahliliga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismini shakllantirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2022 yil 29 martdagi 04/1-553-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki buyuk ijodkor dostonlarida tabiat tasviri, badiiy tasvir vositalari, poetik uslub va qahramon ruhiyati ifodasining asar badiiyatidagi o‘rniga doir ilmiy qarashlar bilan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish