Sayt test rejimida ishlamoqda

Shodmonqulov Mirolim Turanovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda axborot texnologiyalari fanini kompyuter imitatsion modellar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish” (kompyuter grafikasi misolida), 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2297.
Ilmiy rahbar: Lutfillaev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Karlibayeva Guljamol Ermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda axborot texnologiyalari fanini kompyuter imitatsion modellar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari o‘quv kursini kompyuter imitasion modellarga (diskret, tizimli) ustuvorlik berish orqali Veb-kvest, Rezyume, Veer innovatsion o‘qitish metodlari va texnologiyalari, talabalarda obrazli fikrlash, tafakkurini rivojlantirishda dizayn va audiovizual uskunalar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda “Axborot texnologiyalari” o‘quv kursining kompyuter grafikasi integrativlik tamoyiliga ustuvorlik berish orqali aralash ta’lim elementlarini shaxsiy tajribaga asoslangan tadqiqiy faoliyatga intensiv qo‘llash hamda imitatsion modellarning o‘qitish metodikasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari” o‘quv kursida kompyuter imitatsion modellar va KIMsoftDraw dasturiy ilovasining tuzilish talablari hamda metodik bosqichlari integrativ, texnologik, moslashuvchanlik, interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning ergonomik talablarini belgilash, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari” o‘quv kursining kompyuter grafikasi bo‘limi mavzulari bo‘yicha o‘qitish samaradorligini talabalarning axborot kompetentligini ta’minlashga qaratilgan integrallashgan darslarni loyihalashning virtual borliq bilan internal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida «Axborot texnologiyalari» o‘quv kursining kompyuter grafikasi bo‘limini imitasion modellar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari o‘quv kursini kompyuter imitasion modellarga (diskret, tizimli) ustuvorlik berish orqali Veb-kvest, Rezyume, Veer innovatsion o‘qitish metodlari va texnologiyalari, talabalarda obrazli fikrlash, tafakkurini rivojlantirishda dizayn va audiovizual uskunalar integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy  tadqiqot institutida bajarilgan OT – Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida vertual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-07-3908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot texnologiyalari o‘quv kursini imitatsion modellarga ustuvorlik berish asosida o‘qitish metodlari va texnologiyalarini aniqlash imkonini bergan; 
talabalarda “Axborot texnologiyalari” o‘quv kursining kompyuter grafikasi integrativlik tamoyiliga ustuvorlik berish orqali aralash ta’lim elementlarini shaxsiy tajribaga asoslangan tadqiqiy faoliyatga intensiv qo‘llash hamda imitatsion modellarning o‘qitish metodikasi barqarorligini ta’minlash takomillashtirishga doir tavsiyalar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy  tadqiqot institutida bajarilgan OT – Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida vertual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-07-3908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, imitatsion modellar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkonini bergan; 
“Axborot texnologiyalari” o‘quv kursida kompyuter imitatsion modellar va KIMsoftDraw dasturiy ilovasining tuzilish talablari hamda metodik bosqichlari integrativ, texnologik, moslashuvchanlik, interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning ergonomik talablarini belgilash, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid xulosalar I-2016-4-15 raqamli “Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy vositasini yaratish va tadbiq etish (Oliy ta’lim muassasalari misolida)» nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-07-3908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter imitatsion modellar tuzilishi va mazmuni, yaratish mezonlari hamda bosqichlariga qo‘yiladigan pedagogik talablarni takomillashtirish imkonini bergan;
“Axborot texnologiyalari” o‘quv kursining kompyuter grafikasi bo‘limi mavzulari bo‘yicha o‘qitish samaradorligini talabalarning axborot kompetentligini ta’minlashga qaratilgan integrallashgan darslarni loyihalashning virtual borliq bilan internal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy  tadqiqot institutida bajarilgan OT – Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida vertual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-07-3908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter grafikasi mavzularini o‘qitish samaradorligini oshirishning nazariy imkoniyatlari kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish