Sayt test rejimida ishlamoqda

Haydarova Marg‘uba In’omovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish darslari orqali milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1832.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor, Sobirova Maxbuba Yusufjonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish darslari orqali  milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy asarlarlar orqali milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari o‘qish savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan va matnni tushunish darajasi qulayligini ta’minlovchi autentik (ommabop) o‘quv  materiallarining mentallik xususiyatlari ustuvorligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
 o‘qish darslari orqali o‘quvchilarida milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tuzilmasi funksional savodxonlikni oshirishga doir matnlarning umumiy mazmunini tushunish, talqin qilish (interpretatsiya), refleksiv munosabat bildirish kabi darajalarning Blum taksonomiyasi bilan identivlik jihatining produktivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy asarlarlar orqali milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining amaliy komponenti an’ana va qadriyatlar bilan bog‘liq matnlarni emotsional, funksional, ratsional, ijodiy tarzda o‘qishni rag‘batlantiruvchi interaktiv o‘qitish texnologiyalarining (kichik guruhlarda ishlash, kommunikativ-kognitiv, shaxsga yo‘naltirilgan) vizuallik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
o‘qish darslari orqali o‘quvchilarida milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti matnni tushunish darajasini muntazam o‘sib borish dinamikasini nazorat qilish imkonini beruvchi ochiq, yopiq, ijodiy, muqobilini tanlashga doir testlarni umumadaniy kompetensiya elementlarga muvofiq adaptiv loyihalashning pedagogik tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy asarlar vositasida  milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini  ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy  asarlarlar orqali milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini o‘qish savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan va matnni tushunish darajasi qulayligini ta’minlovchi autentik o‘quv materiallarining mentallik xususiyatlari ustuvorligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va o‘qish savodxonligi bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 fevraldagi 01/11-02/02-164-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida funksional o‘qish savodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘qish darslari orqali o‘quvchilarida milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tuzilmasini funksional savodxonlikni oshirishga doir matnlarning umumiy mazmunini tushunish, talqin qilish, refleksiv munosabat bildirish kabi darajalarning Blum taksonomiyasi bilan identivlik jihatining produktivligini ta’minlash asosida aniqlashtirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy asarlarlar orqali milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining amaliy komponentini an’ana va qadriyatlar bilan bog‘liq matnlarni emotsional, funksional, ratsional, ijodiy tarzda o‘qishni rag‘batlantiruvchi interaktiv o‘qitish texnologiyalarining vizuallik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogik fanlar mazmunini boyitishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 fevraldagi 01/11-02/02-164-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir matnlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
 o‘qish darslari orqali o‘quvchilarida milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini matnni tushunish darajasini muntazam o‘sib borish dinamikasini nazorat qilish imkonini beruvchi ochiq, yopiq, ijodiy, muqobilini tanlashga doir testlarni umumadaniy kompetensiya elementlarga muvofiq adaptiv loyihalashning pedagogik algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 1-2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 fevraldagi 01/11-02/02-164-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qish darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy odob ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish