Sayt test rejimida ishlamoqda

Sarmanov Obid Baxodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1222.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01. 
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi pedagogik va texnik bilimlarni integratsiyalash hamda ishlab chiqarish ta’limi jarayonida mehnat opepasiyalapini izchil va maqbul tapzda bajarishni ta’minlashga qaratilgan o‘quv-me’yoriy ta’minotni optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonida malaka darajasi indikatorlari, “Masters of industrial training” elektron monitoring bazasi va ishlab chiqarish stajirovkalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish ta’limi ustasini tayyorlash, malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazishda kasbiy kompetensiyalarining belgilangan talablarga mosligi kasbiy kompetentlik darajalari, mezon va ko‘rsatkichlari  kabi baholash indikatorlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
 professional ta’lim muassasasi ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasbiy kompetentligi mazmuni tegishli kasbiy standartlarning kasbiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdagi faoliyatini tashkil etish, o‘quv natijalariga erishishini ta’minlash me’yorini belgilash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarish ta’limi ustasini tayyorlash va malaka oshirish jarayonida kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
professional ta’lim muassasasi ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasbiy kompetentligi mazmuni va komponentlari tegishli kasbiy standartlarning funksional tahlili asosidagi ilmiy xulosalardan   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan “Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 oktyabrdagi 89-05-133-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 
ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, modeli, pedagogik va texnik bilimlarni integratsiyalash hamda ishlab chiqarish ta’limi jarayonida mehnat opepasiyalapini izchil va maqbul tapzda bajarishni ta’minlashga qaratilgan  o‘quv-me’yoriy ta’minoti Pedagogik innovatsiyalar institutining hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakul`tetlari, Toshkent davlat texnika universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti va Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi Pedagog kadrlapni qayta tayyorlash va ularning malakacini oshipish tarmoq mapkazlarida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 martdagi 84-02-383-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish ta’limi ustasini tayyorlash, malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazishda kasbiy kompetensiyalarining belgilangan talablarga mosligini baholashga oid tavsiyalari n malaka talabi, o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan  ishlab chiqarish ta’limi ustasining malaka talablari va kasb standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 martdagi 84-02-383-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’limni muassasalarida ishlab chiqarish ta’limini samarali yo‘lga qo‘yishga, shuningdek ishlab chiqarish amaliyoti turlarini tizimli tashkil etish, kompetensiyalarni shakllanishini nazorat qilish, funksiyasini aniq belgilash hamda ijrosini to‘liq ta’minlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish