Sharipova Raxima Muxtorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘zbek she’riyatida tabiat ramzlarining badiiy  talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1210.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Xojieva Shahlo Hazratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi o‘zbek she’riyatida tabiat ramzlarining badiiy talqini, timsoliy ma’nolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslikda qor shoirning istak-intilishlarini aks ettirishi, birinchi qor tabiatning sirli hodisasi ekanligi, uning sovuq, ayoz bilan birgalikda o‘limni bildirib kelishi, yomg‘ir she’riyatda ruhiy ta’sir va poklanish ramzi sifatida talqin etilishi, shamol taqdir yo‘laklarida harakat qilayotgan inson obrazini ifodalashi aniqlangan; 
maqollarda qorning mo‘l hosil manbai, yomg‘irning hosildorlik ramzi ekanligi, xalq qo‘shiqlarida qut-baraka, to‘kinchilik va xalq farovonligi ramzini bildirishi, lirik qahramon ruhiyatini ifodalashi, topishmoqlarda tabiat ramzlari predmet nomi bo‘lib kelganligi asoslangan; 
zamonaviy o‘zbek she’riyatida shamol obrazi bahorga intilgan lirik qahramonning kayfiyati, yangi kunning boshlanishi, inson umrining o‘tkinchiligi va qisqaligini bildirishi, kecha va bugun orasidagi rishta bo‘lib kelishi, bulut timsoli ramziy mazmun kasb etganligi, ijtimoiy mazmun bildirganligi dalillangan; 
yangi o‘zbek she’riyatida yomg‘ir obrazi ijtimoiy ma’no ifodalashi, peyzaj va lirik qahramon hislarining uyg‘unligini aks ettirishi,  tabiatdagi sokinlik, ruhiyatdagi evrilishlar, iztirobli kechinmalarni bildirib kelishi, hurriyat ramzi bo‘lib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi o‘zbek she’riyatida tabiat ramzlarinin badiiy talqinlarini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
maqollarda qorning mo‘l hosil manbai, yomg‘irning hosildorlik ramzi ekanligi, xalq qo‘shiqlarida qut-baraka, to‘kinchilik va xalq farovonligi ramzini bildirishi, lirik qahramon ruhiyatini ifodalashi, topishmoqlarda tabiat ramzlari predmet nomi bo‘lib kelganligi  asoslanganigi doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 oktyabrdagi 17.01/286-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha she’riyatda tabiat ramzlari tasviridagi badiiy tadrijni yoritish, yangi she’riyatla ifodalagan ma’nolarini ochib berishga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida shamol obrazi bahorga intilgan lirik qahramonning kayfiyati, yangi kunning boshlanishi, inson umrining o‘tkinchiligi va qisqaligini bildirishi, kecha va bugun orasidagi rishta bo‘lib kelishi, bulut  timsoli ramziy mazmun kasb etganligi, ijtimoiy mazmun bildirganligi yoritilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 oktyabrdagi 17.01/286-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiat ramzlari zamonaviy she’riyatda hayotiy mazmun kasb etganligini aniqlash imkonini bergan;
yangi o‘zbek she’riyatida yomg‘ir obrazi ijtimoiy ma’no ifodalashi; peyzaj va lirik qahramon hislarining uyg‘unligini aks ettirishi,  tabiatdagi sokinlik, ruhiyatdagi evrilishlar, iztirobli kechinmalarni bildirib kelishi, hurriyat ramzi bo‘lib kelishi asoslanganiga doir nazariy fikr va qarashlardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining «Assalom, yangi kun», «Qadriyat», «Adabiy muhit», «Nazm va navo», «Tarixdan saboqlar» kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 martdagi 01-10/52-son ma’lumotnomasi). Natijada muxlislarning yangi o‘zbek she’riyati haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, adabiyot fondi zahirasini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish