Norova Nasiba Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uslub va ijodkor mahorati (Usmon Qo‘chqor ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1421.                                           
Ilmiy rahbar: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bozorova Nasiba Po‘lotjonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol’klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoir Usmon Qo‘chqorning badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Usmon Qo‘chqor shaxsiyati va poetik dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etgan oila muhiti, tahsil maktablari kabi psixobiografik, adabiy an’analar, XX asr ikkinchi yarmi badiiy tafakkuri singari ijtimoiy-tarixiy, fol`klor, jahon va o‘zbek mumtoz adabiyoti kabi badiiy omillar ochib berilgan;
shoir ijodiga xos vazn mutanosibligi, chuqur lirizm, voqeabandlik kabi individual  jihatlar  hamda  mavzu tanlash, so‘z qo‘llash, poetik timsol yaratish singari mahorat qirralari, uning shaxsiyat bilan aloqasi ochib berilgan;
ijodkor she’riyatining fol`kloriy, tarixiy, ramziy, allegorik obrazlar tizimi, mundarijasi, mutarjimlikning badiiy ijodga bevosita ta’siri dalillangan;
shoir lirikasining g‘azal, muxammas, she’r, to‘rtlik, uchlik, muqarnas, doston singari janrlardan tarkib topganligi, ularning shakliy jihatlari, g‘oyaviy-badiiy mazmuni, lingvopoetik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uslub va ijodkor mahoratini Usmon Qo‘chqor ijodi misolida tadqiq etish jarayonida  erishilgan natijalar asosida:  
Usmon Qo‘chqor shaxsiyati va poetik dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etgan oila muhiti, tahsil maktablari kabi psixobiografik, adabiy an’analar, XX asr ikkinchi yarmi badiiy tafakkuri singari ijtimoiy-tarixiy, fol`klor, jahon va o‘zbek mumtoz adabiyoti singari badiiy omillar ochib berilganiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 11 noyabrdagi 327/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha adabiyotshunoslikda uslub va mahorat masalalari haqidagi yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
ijodkor she’riyatining fol`kloriy, tarixiy, ramziy, allegorik obrazlar tizimi, mundarijasi, mutarjimlikning badiiy ijodga bevosita ta’siri dalillanganiga, shoir lirikasining g‘azal, muxammas, she’r, to‘rtlik, uchlik, muqarnas, doston singari janrlardan tarkib topganligi, ularning shakliy jihatlari, g‘oyaviy-badiiy mazmuni, lingvopoetik xususiyatlari aniqlanganiga oid xulosalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yilning 3 va 16 dekabr` kunlari efirga uzatilgan “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” 2020 yilning 11 fevral`, 16 mart kunlari efirga uzatilgan “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asarlarni asranglar” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining 18 yanvar` va 6 fevral` kunlari efirga berilgan  “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radio eshittirishlarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 fevraldagi 1/62-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularni bugungi adabiy jarayon, shoir va yozuvchilar ijodi bilan, ayniqsa, Usmon Qo‘chqor  she’riyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish