Turaev Ziyadulla Norsoatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt922.
Ilmiy rahbar: Xashimov Pazliddin Zukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi zonalarida turizm-rekreatsiya salohiyatidan unumli foydalanishda kichik turizm zonalarini tashkil etish hamda ichki turizmni kengaytirishda ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi «oilaviy sayohat ta’tili» tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Surxondaryo viloyatidagi Uchqizil, Konbeshbuloq meteorit ko‘llari va Surxon, Oqtepa, To‘palang suv omborlari muhofaza zonalaridagi turizm ob’ektlari imkoniyatlarini yuqori, o‘rta va past salohiyat darajalariga ajratish hamda gastronomik turizmni shakllantiruvchi ovqatlanish korxonalari, suvenir do‘konlari, tabiat muzeylari, dam olish bog‘lari infratuzilmalarini o‘z ichiga olgan ekoturizmni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa, Kampirtepa (Oks Aleksandriyasi), Fayoztepa kabi arxeologik yodgorliklarni arxeologik va madaniy turizm ob’ektlariga aylantirishda ushbu ob’ektlar yonidagi ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalar, turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etishning 50 foizgacha bo‘lgan xarajatlarini «Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»ning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplash taklif etilgan;
Boysun, Sherobod, Sariosiyo kichik turizm zonalarida joylashgan qishloq va mahallalarda 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratgan va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi ko‘rsatgan taqdirda ularni «Turizm qishlog‘i» va «Turizm mahallasi» maqomi milliy reestriga kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi zonalarida turizm-rekreatsiya salohiyatidan unumli foydalanishda kichik turizm zonalarini tashkil etish hamda ichki turizmni kengaytirishda ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi «oilaviy sayohat ta’tili» tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 324-son «Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, Boysun tumanidagi Boysun kichik turizm zonasi, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi Sariosiyo kichik turizm zonasi, Sherobod tumanidagi Sherobod kichik turizm zonasi hududida turizm infratuzilma ob’ektlari barpo etilishi, “oilaviy sayohat ta’tili” tizimi joriy etilishi natijasida 2021 yilda viloyatda e-mehmon dasturi orqali qayd qilingan ichki turizm oqimi 854 ming (2019 yilga nisbatan 1,7 barobar ko‘p) nafargacha oshgan;
Surxondaryo viloyatidagi Uchqizil, Konbeshbuloq meteorit ko‘llari va Surxon, Oqtepa, To‘palang suv omborlari muhofaza zonalaridagi turizm ob’ektlari imkoniyatlarini yuqori, o‘rta va past salohiyat darajalariga ajratish hamda gastronomik turizmni shakllantiruvchi ovqatlanish korxonalari, suvenir do‘konlari, tabiat muzeylari, dam olish bog‘lari kabi infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan ekoturizmni rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi 978-son «Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida er uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Janubiy Surxon” suv ombori muhofaza hududida 0,5 gektar, Sariosiyo tumanidagi “To‘palang” suv ombori muhofaza hududida 1 gektar, Termiz tumanidagi Uchqizil ko‘li muhofaza hududida 1 gektar er maydoni ajratildi. Uchqizil ko‘li bo‘yida 17 mlrd so‘m investisiya xisobidan “OXUS” dam olish maskani, umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalari, go‘zallik saloni, basseyn, plyaj, bolalar maydonchasi, minifutbol maydoni, tennis korti kabi infratuzilma ob’ektlari ishga tushirildi va ekoturizm xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan;
Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa, Kampirtepa (Oks Aleksandriyasi), Fayoztepa kabi arxeologik yodgorliklarni arxeologik va madaniy turizm ob’ektlariga aylantirishda ushbu ob’ektlar yonidagi ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalari, turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etishning 50 foizgacha bo‘lgan xarajatlarini «Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»ning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi 332-son «Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiya tomonidan Termiz tumanidagi “Eski Termiz” hududida joylashgan buddizm ob’ektlarini YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanib, “Qadimgi Termiz” (Termiz shahrining tarixiy qismiga sayohat), “Sivilizatsiya beshigi” (Termiz-Boysun ziyoratgohlari turizm marshruti), “Budda rohiblari izidan” (Termiz-Sho‘rchi-Denov turizm marshruti), “Aleksandr Makedonskiy izidan” turistik marshrutlari ishlab chiqildi. Ushbu marshrutlar bo‘ylab ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalarini o‘z ichiga olgan “Gastronomik ko‘cha”, 50 tadan ortiq “Coffeeshop”lar ishga tushirilgan;
Boysun, Sherobod, Sariosiyo kichik turizm zonalarida joylashgan qishloq va mahallalarda 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratgan va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi ko‘rsatgan taqdirda ularni «Turizm qishlog‘i» va «Turizm mahallasi» maqomi milliy reestriga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi 332-son «Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sariosiyo tumanida “Sangardak”, Sherobod tumanida “Chorbog‘”, Boysun tumanida “Omonxona” va “Sayrob”, Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” turizm qishlog‘i va mahallalarini 2022-2026 yillarda milliy reestrga kiritish chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha Boysun kichik turizm zonasi hududida 341 o‘rinli 39 ta, Sariosiyo kichik turizm zonasi hududida 215 o‘rinli 26 ta, Sherobod kichik turizm zonasi hududida 55 o‘rinli 6 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan.