Raximov Utkir Tursunmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Golshtin zotli sigirlarning birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqlikda mahsuldordik xususiyatlari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.RhD/Qx725.
Ilmiy rahbar: Ashirov Muradilla Ishankulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Qaxramon Jurabaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamatov Baxtiyor Salimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasi sharoitida Germaniya seleksiyasiga mansub sof zotli golshtin sigirlarning birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqlikda mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlash asosida maqbul tirik vaznli podalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vohasi sharoitida sof zotli golshtin sigirlarining sut mahsuldorligi tirik vaznga bog‘liqligi o‘rganilib, birinchi tug‘ishidagi tirik vazni 481 kg va undan yuqori sigirlarning sut miqdori I laktatsiyada 4565,6 kg-ni tashkil etib, 460 kg-gacha bo‘lgan sigirlardan 282 kg va 461-480 kg sigirlardan 134,9 kg-ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
sigirlarni birinchi qochirishdan otalanish darajasi birinchi tug‘ishidagi tirik vazni 481 kg va undan yuqori vaznli sigirlarda 80foizga teng bo‘lib 460 kg-gacha va 461-480 kg sigirlardan 6,7 foizga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
sigirlarning 1 kg tabiiy sut ishlab chiqarishga sarflagan ozuqa birligi 481 kg va undan yuqori vaznli sigirlarda 1,03 ozuqa birligiga teng bo‘lib, 460 kg-gacha va 461-480 kg sigirlardan 0,04 va 0,02 ozuqa birligi kam sarflaganligi aniqlangan;
sigirlarning iqtisodiy samaradorligi baholanganda, birinchi tug‘ishidagi tirik vazni 481 kg va undan yuqori vaznli sigirlarda rentabellik 32,7 foizni tashkil etib, 460 kg-gacha va 461-480 kg sigirlardan 3,6 va 1,7 foizga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Germaniya seleksiyasiga mansub sof zotli golshtin sigirlarning birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqlikda mahsuldordik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Germaniya seleksiyasiga mansub sof zotli golshtin sigirlarning birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqlikda mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash usullari Pastdarg‘om tumanidagi “K-Eldor” qoramolchilik fermasida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 maydagi 02/23-215-son ma’lumotnomasi). Natijada I laktatsiyada III tajriba guruhidagi har bir bosh sigirdan olingan sof foyda 3885540, so‘m rentabellik darajasi esa 32,7 foizni tashkil etgan;
Germaniya seleksiyasiga mansub sof zotli golshtin sigirlarning birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqlikda mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash usullari Toyloq tumani “Siyob Shavkat Orzu” qoramolchilik fermer xo‘jaligining “Dehqonobod” qishloq fuqarolar yig‘inidagi ikkinchi qoramolchilik fermasida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 maydagi 02/23-215-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan I laktatsiya davomida olingan sof foyda 3795000 so‘m, rentabellik darajasi 32,5 foizni tashkil etgan;
Germaniya seleksiyasiga mansub sof zotli golshtin sigirlarning birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqlikda mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash usullari Pastdarg‘om tumanidagi “Sevar” qoramolchilik fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 maydagi 02/23-215-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan olingan sof foyda 3665400 so‘m, rentabellik darajasi 31,4 foizni tashkil etgan.