Davirova Shaxlo Shukurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakat  kredit reytingini boshqarish va mustahkamlash yo‘llari»  08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.1.PhD/Iqt 478.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat kredit reytingini boshqarish va mustahkamlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakat kredit reytingini shakllantirishni kompleks baholashda Standard&Poors reyting agentligining uslubiyotini qo‘llashga ustuvorlik qaratish taklif etilgan;
monetar erkinlikni oshirishda tijorat banklarining valyuta kursini bozor tamoyiilari asosida erkin belgilash zarurligi ilmiy asoslangan;
tijorat banklari reytingini oshirishda qarz oluvchi tashqi savdo ishtirokchilarining kredit tarixini baholash taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasini 2026 yilga mo‘ljallangan mamlakat kredit reytingi prognoz ssenariysi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mamlakat kredit reytingini boshqarish va mustahkamlashni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
mamlakat kredit reytingini shakllantirishni kompleks baholashda Standard&Poors reyting agentligining uslubiyotini qo‘llashga ustuvorlik  qaratilganligi taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2020 yil 21 dekabrdagi 153-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 23 apreldagi  04-02-32/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat kredit reytingini aniqlashda iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahliliy o‘rganishda, 5 muhim ko‘rsatkichdan iborat ma’lumotlar bazasi amaliyotga joriy etilgan; 
monetar erkinlikni oshirishda tijorat banklarining valyuta kursini bozor tamoyiilari asosida erkin belgilash bo‘yicha taklifi ATB «ASIA ALLIANCE BANK»ning 2023 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «ASIA ALLIANCE BANK» 2022 yil 5 sentyabrdagi  3039/01-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat banklarida valyuta kursini erkin belgilashga erishgan;
tijorat banki reytingini oshirishda kredit oluvchi eksportyor va importyorlarni kredit tarixini baholash taklifi bankning “Tashqi savdo ishtirokchilarining kredit tarixini yuritish” tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «ASIA ALLIANCE BANK» 2022 yil 5 sentyabrdagi  3039/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksportyor korxonalarning kreditor qarzdorligining pasayishiga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasini 2026 yilga mo‘ljallangan mamlakat kredit reytingini prognoz ssenariysi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining mamlakat kredit reytingini hisoblash va prognoz qilish metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 23 apreldagi  04-02-32/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat kredit reytingini prognoz qilish modeli amaliyotga joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish