Ismatova Shaxnoza Miraxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning bilim ko‘nikma va malakalarini kredit-modul` tizimida baholash texnologiyasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3116.
Ilmiy rahbar: Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini kredit-modul` tizimida baholash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet tilini baholash jarayonlari, texnologiyalari, metodlari, o‘lchov birliklari va qayta aloqa o‘rnatish mexanizmi vazifa, maqsad, xususiyat va tur komponentlarini o‘z ichiga olgan spektrli grafik organayzerni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘z-o‘zini baholash mezoni mustaqil ishlarni bajarishda reproduktiv, rekonstruktiv, ijodiy darajalarning keng qamrovli (extended abstract), aloqador (relational), mul`tistrukturaviy (multistuctural), yakka strukturaviy (unistructural), strukturaga ega bo‘lmagan (prestructural) darajalarga integratsiyasining talabalarni ijodiy va tanqidiy fikrlashga, zamonaviy baholash texnologiyalariga qiziqtirish va mustaqil ishlash faolligini oshirishdagi samaradorligi isbotlangan;
kredit-modul` tizimida faktual, konseptual, protsedural, metakognitiv, refleksiv fikrlash o‘lchov darajalarining konseptual modeli kuzatilgan ta’lim natijalari strukturasining (SOLO) beshta darajali, Blum (Bloom)ning oltita kognitiv darajali va yozma bayon etadigan Refleksiv (Reflection) taksonomiyalari asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning ta’lim natijalarini miqdoriy (bilim, ko‘nikma) va sifat (ko‘nikma va malaka) ko‘rsatkich darajalarida baholanadigan intuitiv, rekonstruktiv, konstruktiv va refleksiv didaktik ta’minot samaradorligini kuzatish maqsadida talabalarning ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash mezon turlari halqaro baholash standart ko‘rsatkichlari talablarining milliy standart kontekstiga tatbiq qilish asosida European Credit Transfer System (ECTS)ga muvofiq ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini kredit-modul` tizimida baholash texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy-metodologik natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ta’lim natijalarini miqdoriy (bilim, ko‘nikma) va sifat (ko‘nikma va malaka) ko‘rsatkich o‘lchovi darajalarida baholanadigan intuitiv, rekonstruktiv, konstruktiv, refleksiv mashqlar tizimidan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107– International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbek State University of World Languades and Valladolid University (Spain) – 2019-1-ES01-KA107-061356 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Valyadolid universiteti (Ispaniya) xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 18 martdagi IRD/2272-son ma’lumotnomasi). Natijada modulni o‘qitishda tinglovchilarning refleksiv fikrlash, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini rivojlantirish, qayta aloqa o‘rnatish hamda baholash faoliyatini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning mustaqil ishlarni bajarishda o‘z-o‘zini baholash mezoni reproduktiv, rekonstruktiv, ijodiy darajalar hamda keng qamrovli (extended abstract), aloqador (relational), mul`tistrukturaviy (multistuctural), yakka strukturaviy (unistructural), strukturaga ega bo‘lmagan (prestructural) darajalarning integratsiyasi asosida yaratilgan mezonidan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107– International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbek State University of World Languades and Valladolid University (Spain) – 2019-1-ES01-KA107-061356 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Valyadolid universiteti (Ispaniya) xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 18 martdagi IRD/2272-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavr bosqichi, xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishida kredit tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
kredit-modul` tizimida faktual, konseptual, protsedural, metakognitiv, refleksiv fikrlash o‘lchov darajalarining konseptual modeli SOLO (SOLO), Blum (Bloom) va Refleksiv taksonomiyalari tasnifidan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining ICM, KA-107– International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Tashkent Institute of Chemical Technology and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) xalqaro loyiha doirasida keng foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2022 yil 14 martdagi 1/04-694-son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavr bosqichi, xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishida kredit tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomillashtirishga erishilgan.