Xaitova Nazokat Fayzullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar o‘quv-bilish motivatsiyasini rivojlantirish (1-sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2507.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rustamova Nodira Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar o‘quv-bilish motivatsiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar motivatsiyasini rivojlantirish tuzilmasi uyushgan, uyushmagan, jiddiy, qisman o‘yin turlarining ichki va fanlararo aloqadorlik yordamida o‘quv-bilish, pragmatik, ijtimoiy, kommunikativ, estetik motivlar bilan internal va eksternal identivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar motivatsiyasini rivojlantirish jarayonlari o‘yinli ta’limiy platformalardagi ball, reyting, beydj, daraja, liderbord, valyuta, virtual tovarlar kabi elementlarni milliy identiklik va xarakter bilan bevosita adaptivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
geymifikatsiyadan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining motivatsiyasini rivojlantirishning pedagogik modelining texnologik bloki o‘quv materiallarini evristik va ijodiy darajada o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vebkvestlar, viktorinalar, sayohat, tenderda yutish, ilmiy tadqiqot, ekspert baholash, virtual ekskursiya kabi interfaol ish shakl va metodlarining refleksivlik darajasini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar motivatsiyasini rivojlantirishning bilishga qiziqishni intensiv rag‘batlantirish, o‘qitishning innovatsion yo‘nalganligini oshirish, funksionallikning o‘sishi, emotsional zo‘riqishlarning oldini olish kabi pedagogik shart-sharoitlari o‘yinchilarning psixotiplariga muvofiq tabaqalashtirilgan faoliyatni tashkil etish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar o‘quv-bilish motivatsiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar motivatsiyasini rivojlantirish tuzilmasini uyushgan, uyushmagan, jiddiy, qisman o‘yin turlarining ichki va fanlararo aloqadorlik yordamida o‘quv-bilish, pragmatik, ijtimoiy, kommunikativ, estetik motivlar bilan internal va eksternal identivligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Jahon Bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” granti AIF ¼. “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish markazi va elektronikadan qo‘shma o‘quv laboratoriyasini yaratish” (2019-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining  2022 yil 5 yanvardagi 02-007-007-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishlarini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar motivatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini o‘yinli ta’limiy platformalardagi ball, reyting, beydj, daraja, liderbord, valyuta, virtual tovarlar kabi elementlarni milliy identiklik va xarakter bilan bevosita adaptivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish, geymifikatsiyadan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining motivatsiyasini rivojlantirishning pedagogik modelining texnologik blokini o‘quv materiallarini evristik va ijodiy darajada o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vebkvestlar, viktorinalar, sayohat, tenderda yutish, ilmiy tadqiqot, ekspert baholash, virtual ekskursiya kabi interfaol ish shakl va metodlarining refleksivlik darajasini kuchaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Kompyuterning mantiqiy asoslari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-518-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini virtual ta’limiy o‘yinlardan foydalanish malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o‘quvchilar motivatsiyasini rivojlantirishning bilishga qiziqishni intensiv rag‘batlantirish, o‘qitishning innovatsion yo‘nalganligini oshirish, funksionallikning o‘sishi, emotsional zo‘riqishlarning oldini olish kabi pedagogik shart-sharoitlarini o‘yinchilarning psixotiplariga muvofiq tabaqalashtirilgan faoliyatni tashkil etish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor yangiliklari” informatsion dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2002 yil 29 iyuldagi 12-23/57-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ota-onalarning geymifikatsiyadan foydalanishga doir virtual madaniyatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish