Raximova Mo‘minaxon Zokirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdurauf Fitratning axloqiy-falsafiy ta’limoti”, 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal181.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Qo‘chqarov Vahhob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Namozov Bobir Baxrievich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Amriddinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurauf Fitrat axloqiy-falsafiy qarashlarining yangi O‘zbekiston yoshlari ma’naviy tarbiyasidagi konstruktiv ahamiyatini asoslash va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida ilgari surilgan “Vatanga muhabbat”, “sadoqat”, “o‘zlikni anglash”, “burch va mas’uliyat” kabi axloqiy-falsafiy g‘oyalari vorisiylik va ma’naviy-tarixiy tamoyil sifatida hozirgi davr oilaviy munosabatlarini tartibga solishda konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy isbotlangan; 
Abdurauf Fitratning “Rahbari najot” asaridagi qanoat, shukr qilish, sarvat (ehtiyojlar hujumiga qarshi turish) kabi qadriyatlarga molik xususiyatlar ustuvorligi shaxsga xos xirs, ihmol (vaqtni bekor o‘tkazish), riyo kabi illatlarni bartaraf etishdagi yetakchiligi falsafiy dalillangan;
Abdurauf Fitratning “milliy o‘zlikni anglash” konsepsiyasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida shakllanayotgan zamonaviy yoshlarda innovatsion tafakkur, atrof voqelikka daxldorlik va mas’uliyat hissini va zamon talablariga xos bilimini oshirishda  birlamchi omil ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
Abdurauf Fitratning axloqiy, falsafiy qarashlari tizimlashtirilishi uning ilmiy-ijodiy merosiga ko‘ra o‘zbek milliy falsafasi asoschilaridan biri ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurauf Fitratning axloqiy-falsafiy ta’limotini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida ilgari surilgan axloqiy-falsafiy g‘oyalarining hozirgi davr oilalari ijtimoiy hayotini va oilaviy munosabatlarni tartibga solishdagi muhim nazariy va amaliy ahamiyati asoslangan qarashlariga oid taklif va tavsiyalardan “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli darslikning “O‘zbekiston jamiyati milliy istiqlol mafkurasining maqsadi va asosiy vazifalari”, “Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar”, “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” va “Aholini itimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish” mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 89-03-205-con ma’lumotnomaci). Natijada, mazkur darslikni ilmiy jihatdan takomillashtirish asosida talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuksalishiga xizmat qilgan; 
Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” asaridagi axloqiy-falsafiy kategoriyalar tasnifiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublikata’lim markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11 sinflari uchun tavsiya etilgan “Ma’naviyat asoslari” nomli darsligining “Ma’naviyat – komillikka etaklaydi” (10 sinf 11-paragraf), “Ma’naviyat – millat qiyofasi” (11 sinf 2-paragraf), “O‘zbekiston rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari” (11 sinf 4-paragraf) kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 29 yanvardagi 01/11-01/4-90-con ma’lumotnomaci). Natijada, mazkur darsliklarni ilmiy jihatdan takomillashtirish xizmat qilgan; 
Abdurauf Fitratning milliy o‘zlikni anglash konsepsiyasini rivojlantirishning samarali yo‘llari sifatida pragmatik dunyoqarash, innovatsion tafakkur, intellektual salohiyat, zamon talablariga xos bilim, atrof voqelikka daxldorlik va mas’uliyat hissi kabi yangicha fikrlashning muhim tamoyillari aniqlangan ilmiy yangiligi, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yoshlar ta’limi va ayollar bandligi bo‘yicha “Besh tashabbus” loyihasi doirasida: ilm-fan sohasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish” deb nomlangan bandini ishlab chiqishda va belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2020 yil 15 yanvardagi 1-20-son ma’lumotnomaci). Natijada, ushbu dasturlar mazmunini boyitishga hamda belgilangan vazifalarni, jumladan ilm-fanga qiziqishni oshirishga aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilgan; 
Abdurauf Fitratning axloqiy, falsafiy qarashlari tizimlashtirilishi uning ilmiy-ijodiy merosiga ko‘ra o‘zbek milliy falsafasi asoschilaridan biri ekanligi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlari” muxarririyatining 2020 yil fevral` va mart oylaridagi “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 19 martdagi 1-17-son ma’lumotnomaci). Natijada, ushbu dasturlar ma’munini boyitishga hamda yoshlarni milliy merosni asrab avaylash ruhida tarbiyalash, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish