Ortiqova Hamida Maxmud qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnning assotsiativ tadqiqi (E.Vohidov va A.Oripov she’rlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil786.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi A.Oripov va E.Vohidov she’riy asarlarining assotsiativ strukturasi orqali ularning assotsiativ tafakkuri, dunyoni idrok etishi va uni tilda aks ettirishida so‘zdan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnning assotsiativ aspektda umumiy tamoyillari belgilanib, matnning til egalari tasavvurlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan assotsiativ birliklar asosida paydo bo‘lishi ochib berilgan;
she’riy matnning semantik-sintaktik jihatdan shakllanishida o‘zaro assotsiativ bog‘langan birliklarning tayanch vazifa bajarishi asoslanib, ularning hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, til birliklari o‘rtasidagi sinonimik, antonimik, uyadoshlik, partonimik va giponimik munosabatga asoslangan lisoniy hamda ijodkorlarning voqelik haqidagi tasavvur va dunyoqarashlarini namoyon qilishda ahamiyatli bo‘lgan nolisoniy omillar belgilangan;
A.Oripov va E.Vohidov she’rlarining lisoniy ongdagi assotsiativ strukturasi, uni tashkil etuvchi assotsiativ birliklar aniqlanib, struktura tarkibidan leksik birliklar qatorida ibora, maqol, matal va naqllar kabi barqaror birikmalar o‘rin olishi dalillangan;
A.Oripov va E.Vohidov she’rlarining assotsiativ maydoni belgilanib, maydonning yadro va chegara qismlaridan o‘rin olgan assotsiativ birliklarning assotsiativ-ma’noviy bog‘lanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A.Oripov va E.Vohidov she’rlarining assotsiativ tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
she’riy matnning semantik-sintaktik jihatdan shakllanishida o‘zaro assotsiativ bog‘langan birliklarning tayanch vazifa bajarishi asoslanib, ularning hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, til birliklari o‘rtasidagi sinonimik, antonimik, uyadoshlik, partonimik va giponimik munosabatga asoslangan lisoniy hamda ijodkorlarning voqelik haqidagi tasavvur va dunyoqarashlarini namoyon qilishda ahamiyatli bo‘lgan nolisoniy omillari yuzasidan bildirilgan xulosalaridan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2022 yil 14 iyuldagi 17.01/144-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
badiiy matnni assotsiativ aspektdagi umumiy tamoyillari belgilanib, matnning til egalari tasavvurlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan assotsiativ birliklar asosida paydo bo‘lishi hamda A.Oripov va E.Vohidov she’rlarining lisoniy ongdagi assotsiativ strukturasi, uni tashkil etuvchi assotsiativ birliklar aniqlanib, struktura tarkibidan leksik birliklar qatorida ibora, maqol, matal va naqllar kabi barqaror birikmalar o‘rin olishi borasidagi xuloasalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion amaliy loyihasida (2020-2021 yy.) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyundagi 15-2156-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi unda ko‘zda tutilgan inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri elektron lug‘atda berilishining nazariy va amaliy jihatdan boyitilishiga asos bo‘lgan;
A.Oripov va E.Vohidov she’rlarining assotsiativ maydoni belgilanib, maydonning yadro va chegara qismlaridan o‘rin olgan assotsiativ birliklarning assotsiativ-ma’noviy bog‘lanishiga oid ma’lumotlaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasida 2021-2022 yillar davomida “O‘zbekiston” DM teleradiokanali orqali efirga uzatilgan "Millat va ma’naviyat", "Ta’lim va taraqqiyot" nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 iyundagi 04-36-1000-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirish dasturlari yangi materiallar,ilmiy soslangan dalillar  bilan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish