Normamatova Dilfuza Turdikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida interrogativlik kategoriyasini ifoda etishning verbal vositalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil600.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; O‘sarov Ibroxim Ko‘rpashaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida interrogativlik kategoriyasini ifodalovchi verbalizatorlarning morfologik, leksik, sintaktik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslanayotgan tillarda interrogativlik paradigmalarining pragmatik va funksional semantik xususiyatlarini aniqlash orqali muloqot jarayonida yuzaga keladigan implikatura va kommunikativ intensiya pragmatik aspektlarining o‘zaro bog‘liqligi nutqiy aktlar asosida ochib berilgan;
interrogativlik kategoriyasini ifoda etuvchi verbal vositalarning leksik sathda ingliz tilida turg‘un, o‘zbek tilida sinonimik  xarakterda differensial, grammatik sathda esa tillar kesimida gap tarkibidagi so‘zlarning bir-biriga bo‘lgan sintaktik aloqalari universal  xususiyatlarga ega ekanligi asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘roq gap qurilmalarida so‘roq olmoshlarining gapdagi vazifasini belgilash orqali interrogativ vositalarning boshqa komponentlar bilan sintaktik aloqalari yunksion model` yordamida aniqlangan;
so‘roq gap tarkibida ishtirok etgan so‘roq verbalizatorlarining sintaktik-semantik sathda substansial va kvalifikativ kabi kategorial va agentiv, ob’ektiv, identifikativ, lokativ, temporal, kvontitativ kabi nokategorial belgilarga ega ekanligi transformatsiya metodi asosida dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida so‘roq gap qurilmalarida interrogativlik kategoriyasini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida interrogativlik kategoryasini ifoda etuvchi verbal vositalarning morfologik, grammatik va leksik sathdagi integral va differensial xususiyatlariga oid materiallaridan Guliston davlat universiteti va AQShning Arkanzas universitetidagi Arkansas Spring International Language Center bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “English language capacity building project” («Ingliz tili salohiyatini oshirish loyihasi») mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2021 yil 25 noyabrdagi 01-04-150/150-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun «Nazariy grammatika» va «Qiyosiy tilshunoslik» fanlari bo‘yicha metodik materialning mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘roq gap qurilmalarida interrogativlik kategoriyasining ahamiyati, tilning shakl va mazmun tomonlarining o‘zaro uzviy aloqasini ta’riflash va an’anaviy sintaksisga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining V. Uzluksiz ma’naviy tarbiya yo‘nalishi 45-bandi «Bolalar va o‘smirlarni ma’naviy tarbiyalashda dunyodagi mamlakatlarning milliy tarbiya borasidagi ilg‘or yutuqlarini o‘rganish, xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy-metodik adabiyotlar, risolalar chop etish» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 28 dekabrdagi 02/02/1772-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlari dasturi mazmunan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘roq gap qurilmalarida so‘roq olmoshlarining gapda bajargan vazifasi, shu asosda interrogativ birliklarning gapdagi boshqa komponentlar bilan sintaktik aloqalari yunksion model` yordamida aniqlanganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 18/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida olib borilgan ilmiy ishlar samaradorligi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish