Go Tyan`yuyning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning ikkinchi yarmi rus she’riyatida satirik moyilliklar”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD /Fil1764.
Ilmiy rahbar: Lixodievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zoxidjan Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Akobirova Sarvara, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi D.Minaev va V.Kurochkinlarning satirik she’riyatida rus voqeligining tabiatini, uning rus adabiyoti tarixidagi badiiy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
D.Minaev va V.Kurochkin asarlaridagi satiraning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning she’riyatidagi ijtimoiy-axloqiy muammolari hamda XIX asr rus jamiyatidagi munosabatlarni tasvirlash orqali o‘sha davrdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda rus hayotining illatlari jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan muhim omil bo‘lganligi isbotlangan;
D.Minaev va V.Kurochkin asarlaridagi janrlar tipologiyasi yozuvchi tomonidan o‘z davrining ijtimoiy illatlarini ochib berish, muallif g‘oyasining mantig‘i, muallif va jamiyat ziddiyatlari asosida yuzaga kelgan badiiy nutqning xilma-xilligi kabi poetik mezonlar ishlab chiqilgan;
D.Minaevning rus hayoti realiyalari, realizm, zamonaning dolzarb muammolariga bo‘lgan munosabatni aks ettirishga intilish, shuningdek, masal, parodiya, epigrammma kabi satirik janrlarning kinoya, grotesk kabi satirik kulgu vositalaridan foydalanishga asoslangan satirik usullari ochib berilgan;
D.Minaev va V.Kurochkinlar tili va uslubining o‘ziga xos xususiyatlarini ochish orqali zamonaviy voqelik illatlarini masxara qilishda mualliflarning individual yondashuvlari hamda janrlar (epigramma, parodiya)ning turli talqinlari badiiy-tasviriy vositalar (satirik epitetlar, metafora, giperbola va qiyoslash) orqali ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning ikkinchi yarmi rus she’riyatida satirik moyilliklar mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
XIX asr rus komik she’riyati, xususan, taniqli rus shoirlari D. Minaev va V.Kurochkinning ijodi, ular asarlarining g‘oyaviy va badiiy ahamiyati, satirik uslubining o‘ziga xosligi, satirik obrazlar yaratish usuli, satirik tanqid nishoni, til va uslubiy xususiyatlari haqidagi xulosa va natijalardan Xitoy Fanlar akademiyasi Ta’lim va ilm-fan institutining «Jahon klassikasi elektron formatda» innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Ta’lim va ilm-fan institutining 2018 yil 20 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari D. Minaev va V. Kurochkinlarning satirik she’riyatida rus voqeligining aks etishi, uning badiiy o‘ziga xosligi va rus adabiyoti tarixidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Xitoy rusistikasi kontekstida XIX asr rus komik she’riyati muammolari: Xitoyda rus adabiyotining ahamiyati, satira va yumorning nazariyasi sifatida kategoriyaning asosiy muammolari haqidagi ilmiy xulosalardan Markaziy-Janubiy o‘rmon xo‘jaligi universiteti o‘qituvchilarining o‘quv va ishchi dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualari, elektron kutubxonasini yaratishda foydalanilgan (Markaziy-Janubiy o‘rmon xo‘jaligi universitetining 2020 yil 20 apreldagi 2020109-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr ikkinchi yarmi satirik she’riyati haqidagi aniq ma’lumotlar o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy majmualarini mazmunan boyitgan va elektron ma’ruza va amaliy resurslar tayyorlash uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
XIX asr ikkinchi yarmi satirik shoirlari D. Minaev va V. Kurochkinlar ijodida komik effektni yaratish vositalari haqidagi ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazining «Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar» nomli ilmiy-amaliy konferensiya ishini doirasida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazining 2021 yil 28 maydagi 02-84-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-amaliy konferensiya materiallari XIX asr ikkinchi yarmi satirik janri vakillari D. Minaev va V. Kurochkinlar ijodi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
D. Minaev va V. Kurochkinning rus adabiyotiga qo‘shgan hissasi hamda ularning g‘oyaviy-estetik pozisiyasi masalalariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasi «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Adabiy jarayon», «Jahon adabiyoti» radioeshittirishlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 31 yanvardagi 04-36-145-son ma’lumotnomasi). Natijada efirga uzatilgan radioeshittirishlar mazmuni XIX asr rus adabiyoti satirik janriga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.