Jumanova Shahnoza Ikromjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Usmon Azim she’riyatida peyzaj tipologiyasi», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2190.
Ilmiy rahbar: Kobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Abdug‘ofir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mullaxo‘jaeva Ra’no Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Usmon Azim she’riyatida peyzaj tasvirining badiiy ifodada tutgan ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy o‘rni hamda tabiat hodisalari bilan bog‘liq fasllar, oylar, o‘simliklar dunyosi, suv, havo, oy, quyosh, iqlim o‘zgarishlari kabi tushunchalar va unsurlarning shoirning estetik hamda adabiy-falsafiy dunyoqarashi shakllanishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
peyzaj, ya’ni tabiat tushunchasining lirikadagi tasvir ko‘lami, tanosub, tashbeh, tazod, ruju’, mubolag‘a kabi she’riy san’atlarning ifoda imkoniyatlari, parallelizm, ko‘chim singari badiiy tamoyillari, kitobxonning ruhiy-ma’naviy olamiga estetik ta’siri, she’riy matn mazmunini yuzaga chiqaruvchi daraxt, suv, tog‘, tun, tong kabi qator obrazlarning nazariy jihatlari asosida ochib berilgan;
peyzajning ijtimoiy, axloqiy, falsafiy tamoyillarini aniqlash chaqmoq, yomg‘ir, qor, bulut, izg‘irin, saraton issig‘i kabi turli-tuman tabiat hodisalarining badiiylashtirish qonuniyatlarini tushunish uchun muhim sanalishi, har bir ijodkorning individual “nigoh”i: tabiatni ko‘rish, kuzatish, idrok qilish va obrazli tafakkurda jonlantirish xususiyati uning yangilanishini ta’minlashi oydinlashtirilgan;
Usmon Azim she’riyatida peyzajning yuzaga kelish makoni va sodir bo‘lish zamoniga ko‘ra mavsumiy peyzaj turi, milliylik, umumbashariylik, zamonaviylik kabi mavzulariga ko‘ra milliylikni ifodalovchi peyzaj turi ko‘zga ko‘proq tashlanishi; shoir ijodida “kuz”, “bahor”, “qish”, “yoz”, “hut”, “javzo”, “hamal”, “qahraton” kabi yil fasllariga doir mavsumiy peyzajlar yetakchilik qilishi; shoir qo‘llagan milliy peyzajlarning markazida “Boysun” toponimi turishi, Boysun tog‘lari, qir-adirlari, soylari, jilg‘alari, yo‘llari bilan bog‘liq tabiat manzaralari shoirning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasini boyitishi lirik pafosni ko‘tarishda asosiy omil ekani dalillangan;
Usmon Azim she’rlarida ona vatan, yurt, odamlar taqdirining tabiat hodisalari bilan bog‘liqlikda talqin etilishi, lirik qahramonning quvnoq, sokin, g‘amgin, jo‘shqin xarakterini ifodalashda tabiat manzaralari estetik kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Usmon Azim she’riyatidagi peyzaj tipologiyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
peyzaj, ya’ni tabiat tushunchasining lirikadagi tasvir ko‘lami, tanosub, tashbeh, tazod, ruju’, mubolag‘a kabi she’riy san’atlarning ifoda imkoniyatlari, parallelizm, ko‘chim singari badiiy tamoyillari, kitobxonning ruhiy-ma’naviy olamiga estetik ta’siri, she’riy matn mazmunini yuzaga chiqaruvchi daraxt, suv, tog‘, tun, tong kabi qator obrazlarning nazariy qonuniyatlari mumtoz adabiyotimizdan to bugungi zamonaviy she’riyatgacha yaratilgan lirik asarlar misolida ochib berilgan takiflar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim – she’riyat” ijodiy to‘garagidagi yosh ijodkorlarga peyzaj tushunchasining badiiy tamoyillari, qamrovi va ko‘lami, nazariy qonuniyatlari, vazifalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 5 iyuldagi 01-03/874-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh ijodkorlarning milliy she’riyatimizda kechgan poetik yangilanish jarayonlari haqidagi tasavvurlari kengaygayishiga va kitobxonlik madaniyati yuksalishiga xizmat qilgan;
peyzajning ijtimoiy, axloqiy, falsafiy tamoyillarini aniqlash chaqmoq, yomg‘ir, qor, bulut, izg‘irin, saraton issig‘i kabi turli-tuman tabiat hodisalarining badiiylashtirish qonuniyatlarini tushunish uchun muhim sanalishi, har bir ijodkorning individual “nigoh”i: tabiatni ko‘rish, kuzatish, idrok qilish va obrazli tafakkurda jonlantirish xususiyati uning yangilanuvini ta’minlashi oydinlashtirilgan takliflar O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan (2017-2020 yy.) OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari» 100 jildligini nashrga tayyorlash» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2022 yil 4 avgustdagi 3/1255-1884-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatida peyzaj va uning turlariga oid qarashlar ilmiy jihatdan boyigan;
Usmon Azim she’riyatida peyzajning yuzaga kelish makoni va sodir bo‘lish zamoniga ko‘ra mavsumiy peyzaj turi, milliylik, umumbashariylik, zamonaviylik kabi mavzu ko‘lamiga ko‘ra milliylikni ifodalovchi peyzaj turi ko‘zga ko‘proq tashlanishi, shoir ijodida “kuz”, “bahor”, “qish”, “yoz”, “hut”, “javzo”, “hamal”, “qahraton” kabi yil fasllariga doir mavsumiy peyzajlar yetakchilik qilishi; shoir qo‘llagan milliy peyzajlarning markazida “Boysun” toponimi turishi, Boysun tog‘lari, qir-adirlari, soylari, jilg‘alari, yo‘llari bilan bog‘liq tabiat manzaralari shoirning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasini boyitishi lirik pafosni ko‘tarishda asosiy omil ekani dalillangan; Usmon Azim she’rlarida vatan, yurt, odamlar taqdirining tabiat hodisalari bilan bog‘liqlikda talqin etilishi, lirik qahramonning turli: quvnoq, sokin, g‘amgin, jo‘shqin xarakterini ifodalashda tabiat manzaralari estetik kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ma’rifiy suhbatlar” “G‘azal bo‘stoni” nomli ilmiy-ma’rifiy eshittirishlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 17 iyundagi 04-36-939-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda hozirgi adabiy jarayon va unda Usmon Azimning tutgan o‘rni haqida yaxlit tasavvur paydo bo‘lgan, eshittirish ssenariylari ilmiy va ma’rifiy jihatdan boyitilgan.