Fayzullaeva Dilnoza Narimonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Xalq dostonlari tilininig lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil690.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumanazarova Guljahon Umrzoqovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq dostonlari tilida qo‘llanilgan o‘xshatishlar, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, frazeologik va paremiologik birliklarning xususiyatlarini lingvomadaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Alpomish”, “Xoldorxon”, “Rustamxon” dostonlarida qulun, do‘nan, biya, arg‘umoq, jiyron, shapaq kabi yilqichilikka oid, jahaz, xatab, abjo‘sh, saba, ko‘nak, ovsar, lo‘k kabi tuyachilikka oid, dahmarda, qag‘anoq, to‘qsari kabi molchilik va qo‘ychilikka oid madaniy birliklarning ko‘proq hamda asosan o‘z ma’nosida qo‘llanilganligi aniqlangan;
doston matnidagi “jo‘n o‘tirmoq”, “nika qiymoq”, “beshkirti qilmoq”, “boshi bo‘sh” kabi qator frazeologik birliklarning “to‘qirlini tuman tutdi”, “kunning burniminan” kabi an’ana, rasm-rusumlarga oid diniy va milliy tafakkur darajasini belgilab beruvchi funksional-semantik va lingvokul`turologik tabiati ochib berilgan;
dostonlar tilida qadimda ishlatilgan, hozirgi kunda esa iste’moldan chiqib ketgan arna (ariq), ko‘nak, sava (qimiz solinadigan idish), chiyir (iz), andi (bo‘sh, landovur), ko‘kan (mollarni bog‘lashda ishlatiladigan maxsus arqon), tug‘ (bayroq), tabor (bolta), zakot, xiroj kabi so‘z va terminlarning lingvomadaniy xususiyatlari aniqlangan;
dostonlardagi “yaxshi etsin murodga, yomon qolsin uyatga”, “gavharni ne bilsin, ushlagan sopol”, “tushni ko‘rsang, yaxshilikka yo‘ragin” singari paremiologik birliklar xalqimizning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq dostonlari tilining lingvokul`turologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Alpomish”, “Xoldorxon”, “Rustamxon” dostonlarida qulun, do‘nan, biya, arg‘umoq, jiyron, shapaq kabi yilqichilikka oid, jahaz, xatab, abjo‘sh, saba, ko‘nak, ovsar, lo‘k kabi tuyachilikka oid, dahmarda, qag‘anoq, to‘qsari kabi molchilik va qo‘ychilikka oid madaniy birliklarning ko‘proq hamda asosan o‘z ma’nosida qo‘llanilganligi haqidagi xulosalaridan Buxoro davlat universitetida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-1-06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu-G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 17 maydagi 455-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning dostonlar tilida uchraydigan leksik birliklar haqidagi ma’lumotlar bilan nazariy jihatdan boyishiga erishilgan;
doston matnidagi “jo‘n o‘tirmoq”, “nika qiymoq”, “beshkirti qilmoq”, “boshi bo‘sh” kabi qator frazeologik birliklarning “to‘qirlini tuman tutdi”, “kunning burniminan” kabi an’ana, rasm-rusumlarga oid diniy va milliy tafakkur darajasini belgilab beruvchi funksional-semantik va lingvokul`turologik tabiati haqidagi xulosalardan Jizzax davlat pedagogika institutida MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2022 yil 11 apreldagi 04-363-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi so‘z yasalish va frazeologik shakllanishlarning tahlili va izohlari mukammalashishiga xizmat qilgan;
dostonlar tilida qadimda ishlatilgan, hozirgi kunda esa iste’moldan chiqib ketgan arna (ariq), ko‘nak, sava (qimiz solinadigan idish), chiyir (iz), andi (bo‘sh, landovur), ko‘kan (mollarni bog‘lashda ishlatiladigan maxsus arqon), tug‘ (bayroq), tabor (bolta), zakot, xiroj kabi so‘z va terminlarning lingvomadaniy xususiyatlari haqidagi xulosalaridan Buxoro davlat universitetida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-1-06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu-G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 17 maydagi 455-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining ilmiy-nazariy fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan;
dostonlardagi “yaxshi etsin murodga, yomon qolsin uyatga”, “gavharni ne bilsin, ushlagan sopol”, “tushni ko‘rsang, yaxshilikka yo‘ragin” singari paremiologik birliklar xalqimizning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liqligi to‘g‘risidagi xulosalardan “Sarchashma” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 apreldagi 10-12/241-con ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.