Usmanova Maxfuza Sadikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
“Alisher Navoiy asarlaridagi fitonimlarning leksik-semantik va stilistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil388.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: O‘rinboeva Dilbar Bozorovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy asarlari tilidagi fitonimlarni leksik-semantik, tarixiy-etimologik (geneologik) va semantik-uslubiy aspektlarda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan fitonimlar va ularga aloqador so‘zlarning  gul, sabzavot, poliz, rezavor, donli ekin, mevali va manzarali daraxtlarni ifodalashiga ko‘ra leksik-semantik, sodda, yasama va qo‘shma fitonimlarning derivatsion xususiyatlari, o‘simlik olamiga mansub umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli so‘zlarning geneologik jihatlari ochib berilgan;
Alisher Navoiy asarlari lug‘at tarkibidagi o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli leksik birliklarning saqlanganlik va saqlanmaganlik darajasiga ko‘ra ayni o‘sha shakl va ma’noda etib kelgan, fonetik shakli biroz o‘zgargan, ma’nosida o‘zgarish yuz bergan, shoir tilida mavjud bo‘lib, hozirgi tilda mavjud bo‘lmagan so‘zlarning lingvostatistikasi aniqlangan;
shoir asarlaridagi fitonimlarning badiiy tasvir uchun xizmat qilishi, ularning badiiy san’atlarni hosil qilishdagi ahamiyati meva, anor, gul, savsani, sumbul, sarv, noranji, binafsha, nargis, lola, shamshod, bug‘doy, arpalar kabi o‘xshatish, tashbeh, tashxis, iyhom, tajnis, irsoli masal kabi she’riy san’atlarni yaratishda muhim leksik vosita vazifasini bajarganligi dalillangan; 
Alisher Navoiy asarlari tilida qayd qilingan fitonimlar tabiiy bo‘linishiga ko‘ra gullar, ularning turlari, madaniy va yovvoyi o‘simliklar, sabzavotlar, poliz ekinlari, mevali va mevasiz daraxt nomlari, ularning ma’no xususiyatlari funksional-semantik jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy asarlaridagi leksik-semantik va stilistik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan fitonimlar va ularga aloqador so‘zlarning  gul, sabzavot, poliz, rezavor, donli ekin, mevali va manzarali daraxtlarni ifodalashiga ko‘ra leksik-semantik,  sodda, yasama va qo‘shma fitonimlarning derivatsion xususiyatlari, o‘simlik olamiga mansub umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli so‘zlarning  geneologik jihatlari haqidagi xulosalaridan  O‘zbekiston  Respublikasi Fanlar  akademiyasi Qoraqalpog‘iston  bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar  fanlar  ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi  fundamental tadqiqotni bajarishda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 10 apreldagi 17.01/80-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning fitonimlarga oid so‘zlarning shakllanishi va o‘zgarish darajasi haqidagi ilmiy-nazariy fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan; 
Alisher Navoiy asarlari lug‘at tarkibidagi o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli leksik birliklarning saqlanganlik va saqlanmaganlik darajasiga ko‘ra ayni o‘sha shakl va ma’noda etib kelgan, fonetik shakli biroz o‘zgargan, ma’nosida o‘zgarish yuz bergan, shoir tilida mavjud bo‘lib, hozirgi tilda mavjud bo‘lmagan so‘zlarning lingvostatistikasi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasida (2017-2020 yy.) (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 10 apreldagi 17.01/80-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli leksik birliklar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
shoir asarlaridagi fitonimlarning badiiy tasvir uchun xizmat qilishi, ularning badiiy san’atlarni hosil qilishdagi ahamiyati meva, anor, gul, savsani, sumbul, sarv, noranji, binafsha, nargis, lola, shamshod, bug‘doy, arpalar kabi o‘xshatish, tashbeh, tashxis, iyhom, tajnis, irsoli masal kabi she’riy san’atlarni yaratishda muhim leksik vosita vazifasini bajarganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar  akademiyasi Qoraqalpog‘iston  bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar  fanlar  ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi  fundamental tadqiqotni bajarishda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 10 apreldagi 17.01/80-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy asarlari tilidagi fitonimlar va ularga aloqador bo‘lgan so‘zlarning eski o‘zbek tilidagi muqobilini o‘rganish imkonini bergan;
Alisher Navoiy asarlari tilida qayd qilingan fitonimlar tabiiy bo‘linishiga ko‘ra gullar, ularning turlari, madaniy va yovvoyi o‘simliklar, sabzavotlar, poliz ekinlari, mevali va mevasiz daraxt nomlari, ularning ma’no xususiyatlari tarixiy manbalar, lug‘atlar asosida funksional-semantik jihatdan qiyoslanganligi yuzasidan olingan natijalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan efirga uzatilgan «Assalom Jizzax» musiqiy dam olish  ko‘rsatuvining «Ilmiy tadqiqot» sahifasida foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining  2022 yil 8 fevraldagi 02-03/103-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy asarlarining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka etkazilgan, teleko‘rsatuvlarni yangi manbalar bilan ma’rifiy va amaliy jihatdan boyishi ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish