Ne’matova Samiyaxon Ilhomjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish mexanizmlari” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped558.
Ilmiy rahbar: Shayusupova Aziza Asfandiyorovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Hudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikning amaliy hamda nazariy jihatdan o‘zlashtirishga qaratilgan tajribalar yig‘indisini umumpedagogik talablar bilan zamonaviy innovatsion kompetensiyaviy yondashuvlarning retrospektiv jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajasi shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalarga ko‘ra mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishga doir pedagogik relaksatsiyani yuzaga keltirish asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning faoliyatga doir innovatsion, kreativ, informatsion, metodik, kommunikativ, texnologik kabi maxsus komponentlari amaliy pedagogik faoliyat jarayonida maqsadli, izchil, tizimli, amaliy harakatlarni tashkil etishga qaratilgan ijodiy yondashuvni yuzaga keltirish asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, qulay vaziyatlarni tanlay olish, unumli ijodiy fikrlashga qaratilgan mexanizmlarini integratsion tizimga xos xususiyatlarga muvofiq takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalaridan:
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikning amaliy hamda nazariy jihatdan o‘zlashtirishga qaratilgan tajribalar yig‘indisini umumpedagogik talablar bilan zamonaviy innovatsion kompetensiyaviy yondashuvlarning retrospektiv jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 3 yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tinglovchilar kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 20 noyabrdagi 01/11-02/02-1617-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning kasbiy kompetentligiga qo‘yilgan talablar uyg‘unlashtirilgan va minimal mazmuni belgilangan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajasi shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishga doir pedagogik relaksatsiyani yuzaga keltirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 3 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumkasbiy fanlari” bloki tarkibiga kiruvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari kursi tinglovchilari uchun “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 20 noyabrdagi 01/11-02/02-1617-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarda kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning didaktik-metodik ta’minoti takomillashtirilgan hamda o‘zlashtirish sifatining oshishiga xizmat qilgan;
tinglovchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning faoliyatga doir innovatsion, kreativ, informatsion, metodik, kommunikativ, texnologik kabi maxsus komponentlari amaliy pedagogik faoliyat jarayonida maqsadli, izchil, tizimli, amaliy harakatlarni tashkil etishga qaratilgan ijodiy yondashuvni yuzaga keltirish asosida takomillashtirishga hamda tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, qulay vaziyatlarni tanlay olish, unumli ijodiy fikrlashga qaratilgan mexanizmlarini integratsion tizimga xos hususiyatlarga muvofiq takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning innovatsion texnologiyalari” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 20 noyabrdagi 01/11-02/02-1617-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy bosqichlarini aniqlanib, innovatsion texnologiyalar malaka oshirish jarayoniga tatbiq etilgan va uning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.