Musurmankulova Madina Nosirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarni qiyosiy-dialektologik kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1537. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa, professor, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining qiyosiy-dialektologik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini qiyosiy-dialektologik kompetentlik mazmuni o‘zlashtirilgan rus tili fonetik, leksik va grammatik birliklarini nutqiy faoliyatga didaktik imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining qiyosiy-dialektologik kompetensiyasini shakllantirish ko‘nikmalari mazmuni lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy kompetensiyalarni sotsiolingvistik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;  
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining qiyosiy-dialektologik kompetensiyalarini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli pedagogik imkoniyatlariga ko‘ra shaxsiylashtirilgan ta’limning bahsli, lingvistik, strategik, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining qiyosiy-dialektologik kompetensiyasini rivojlantirish darajasining pedagogik imkoniyatlari blended learning texnologiyasini faoliyatli yo‘naltirilgan variativ qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tili yo‘nalishi talabalarining qiyosiy-dialektologik kompetensiya takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari qo‘yidagilar asosida:
oliy ta’limda filologiya yo‘nalishi talabalarini nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda blended learning texnologiyasini qo‘llashga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar 2021/2022 o‘quv yilida ishlab chiqilgan “60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili” malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi 2022 yil 27 apreldagi 02/01-01-06–son ma’lumotnomasi). Natijada, taqqoslama-dialektologik kompetensiyani rivojlantirishga, talabalarning dialektologik kompetentligini va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan hamda talabalarning ijodiy faolligi oshgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini qiyosiy-dialektologik kompetentlik mazmuni o‘zlashtirilgan rus tili fonetik, leksik va grammatik birliklarini nutqiy faoliyatga didaktik imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 8 iyuldagi 170/3-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining qiyosiy-dialektologik kompetensiyasini shakllantirish samaradorligining oshishiga erishilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining qiyosiy-dialektologik kompetensiyalarini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli pedagogik imkoniyatlariga ko‘ra shaxsiylashtirilgan ta’limning bahsli, lingvistik, strategik, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan takliflardan O‘zRFA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 8 iyuldagi 170/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari samaradorligi va talabalar bilim sifati oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish