Abdullaeva Maftuna Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak surdopedagoglarning imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish», 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD /3702.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Feruza Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), Xayitov Laziz, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nuqti vositasidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak surdopedagoglarning imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalari kodlash va dekodlashni ta’minlovchi ishora nutqining maxsus yozma tizimi va uning grafik shakllarini korreksion jarayonlarga yaxlit integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish modeli metalingvistik axborotni tashkil etish, nutqiy material tanlash, imo-ishora nutqi vositasida pedagogik strategiyalarni tanlash tamoyillariga imo-ishora tasavvurlarini ierarxik birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalari o‘z-o‘zini tahlil qilish va qayta aloqaga yo‘naltirishga asoslangan ijtimoiy hayotning refleksiv muhit talablariga uyg‘un holda ishoralarni yozuv orqali kodlash va dekodlash asosida takomillashtirilgan;
imo-ishora nutqi vositasida kommunikativ kompetensiyalarni baholash mezonlari imo-ishora nutqini tushunish, gapirish, o‘qish, tarjima qilish darajalarining leksik-semantik birliklar tarkibi mustaqil fikrlashini intensiv rivojlantirishga qaratilgan korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat monologik va dialogik nutqini o‘stirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalari kodlash va dekodlashni ta’minlovchi ishora nutqining maxsus yozma tizimi va uning grafik shaklinini korreksion integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 vgustdagi 515-sonli buyrug‘i, 123-234-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish imkoni oshirilgan;
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish modeli metalingvistik axborotni tashkil etish, nutqiy material tanlash, imo-ishora nutqi vositasida pedagogik strategiyalarni tanlash tamoyillariga imo-ishora tasavvurlarini ierarxik birlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 23 noyabrdagi 02-07-3541/04- son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagikommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalari tashkiliy-didaktik mexanizmlar individual yondashuv, o‘z-o‘zini tahlil qilish va qayta aloqaga yo‘naltirishga asoslangan refleksiv muhit talablariga uyg‘un holda ishoralarni yozuv orqali kodlash va dekodlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Daktil va imo-ishora nutqini rivojlantirish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 vgustdagi 515-sonli buyrug‘i, 123-234-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning guruhli (jamoaviy), individual, mul`timedia va tarmoq texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
imo-ishora nutqi vositasida kommunikativ kompetensiyalarni baholash mezonlari imo-ishora nutqini tushunish, gapirish, o‘qish, tarjima qilish darajalarining leksik-semantik birliklar tarkibi mustaqil fikrlashini intensiv rivojlantirishga qaratilgan korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat monologik va dialogik nutqini o‘stirish asosidata komillashtirishga doir ishlanmalar “Daktil va imo-ishora nutqini rivojlantirish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 vgustdagi 515-sonli buyrug‘i, 123-234 son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarni imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirilgan.