Lutfullaev Jaxongir Amirovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek bolalar adabiyoti romanchiligining taraqqiyot tamoyillari va Xudoyberdi To‘xtaboev ijodi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil456.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Barakaev Rahmatulla Barakaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor; Ashurov Baxshillo Sharopovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalar adabiyotida roman janrining maydonga kelish xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillari va unda Xudoyberdi To‘xtaboev ijodining o‘rnini aniqlash, yozuvchining adabiy an’anaga ijodiy yondashuv yo‘sini va uslubiy individualligini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xudoyberdi To‘xtaboev o‘zbek bolalar romanchiligining mavzuiy doirasini mutlaqo yangilab va kengaytirib, ayniqsa, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylantirilishi nuqtai nazaridan zamonaviy o‘zbek bolalar romanchiligini yangi pog‘onaga ko‘targani asoslab berilgan;
yozuvchining xalq og‘zaki ijodidan ijodiy foydalanish mahorati, adabiy qahramon yaratish va xarakterlar ruhiyatini badiiy dalillash yo‘sini, qahramonlarga hissiy ta’sir etadigan tabiat manzaralari antiteza prinsipida berilganligi, portretga xos xarakteristikalarda xatti-harakat, ichki dinamika kuzatilishi, qahramonlardagi “ichki faollik”ka katta e’tibor berilgani dalillangan;
Xudoyberdi To‘xtaboev ijodida an’anaviylik va badiiy mahorat muammosi sarguzasht asarlarida xalq og‘zaki ijodidagi sehrli buyum, ya’ni sehrli qalpoqchadan foydalanishda namoyon bo‘lishi, “Shirin qovunlar mamlakatida” romanida uning yoniga mutlaqo kutilmagan yangi buyum, ya’ni sehrli burun qo‘shilishida yanada yangi holatda aks etishi, “Qasoskorning oltin boshi” romanida baxshilarning Namoz botirga bag‘ishlangan termalarida, “Jannati odamlar”da “enamning ertagi”, “buvimning ertagi”, “bobomning rivoyati” tarzida xalq ertaklari va rivoyatlarini asar mavzuiga mos tarzda qayta ishlashida yorqin namoyon bo‘lishi asoslangan;
X.To‘xtaboev o‘zbek bolalar romanchiligini sarguzasht, fantastik va detektiv elementlari uyg‘unlashgan holdagi yangi yo‘nalish bilan boyitgani, bolalar adabiyotiga tarixiy va biografik roman yo‘nalishlarini olib kirgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalar adabiyoti romanchiligining taraqqiyot tamoyillari va Xudoyberdi To‘xtaboev ijodi mavzusi tadqiqi natijalari asosida:
Xudoyberdi To‘xtaboev o‘zbek bolalar romanchiligining mavzuiy doirasini mutlaqo yangilab va kengaytirib, ayniqsa, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylantirilishi nuqtai nazaridan zamonaviy o‘zbek bolalar romanchiligini yangi pog‘onaga ko‘targani asoslanganligiga doir xulosalaridan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan G‘A-G‘1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 26 apreldagi 17-01/99-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning ijodkor romanlariga xalq og‘zaki ijodining ta’siri benihoya ulkan ekanligi, ular, avvalo, xalq ertak va dostonlaridagi sehrli buyumlar, xususan, sehrli qalpoqcha vositasini o‘rinli qo‘llashda namoyon bo‘lishiga doir xulosalari muayyan darajada asoslanishiga xizmat qilgan;
yozuvchining xalq og‘zaki ijodidan ijodiy foydalanish mahorati, adabiy qahramon yaratish va xarakterlar ruhiyatini badiiy dalillash yo‘sini, qahramonlarga hissiy ta’sir etadigan tabiat manzaralari antiteza prinsipida berilganligi, portretga xos xarakteristikalarda xatti-harakat, ichki dinamika kuzatilishi, qahramonlardagi “ichki faollik”ka katta e’tibor berilgani dalillanganligi haqidagi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20L70927I47 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022 yil 20 maydagi  04/1-962-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning qadimgi turkiy yozma manbalardagi xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlari yanada mukammallashishiga xizmat qilgan;
Xudoyberdi To‘xtaboev ijodida an’anaviylik va badiiy mahorat muammosi sarguzasht asarlarida xalq og‘zaki ijodidagi sehrli buyum, ya’ni sehrli qalpoqchadan foydalanishda namoyon bo‘lsa, “Shirin qovunlar mamlakatida” romanida uning yoniga mutlaqo kutilmagan yangi buyum, ya’ni sehrli burun qo‘shilishida yanada yangi holatda aks etishi, “Qasoskorning oltin boshi” romanida baxshilarning Namoz botirga bag‘ishlangan termalarida, “Jannati odamlar”da “enamning ertagi”, “buvimning ertagi”, “bobomning rivoyati” tarzida xalq ertaklari va rivoyatlarini asar mavzuiga mos tarzda qayta ishlashida yorqin namoyon bo‘lganligi xususidagi xulosalaridan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan G‘A-G‘1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 26 apreldagi 17-01/99-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasining nazariy qismining manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
X.To‘xtaboev o‘zbek bolalar romanchiligini sarguzasht, fantastik va detektiv elementlari uyg‘unlashgan holdagi yangi yo‘nalish bilan boyitgani, bolalar adabiyotimizga tarixiy va biografik roman yo‘nalishlarini olib kirganligi haqidagi fikrlardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Ijodning sehrli olami” ko‘rsatuvi hamda “Assalom, Jizzax” tonggi dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 11 apreldagi 01-08/434-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv orqali yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitishga, dunyoqarashining kengayishiga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish