Kanglibekov Kuatbay Dauletbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligini iqtisodiy jarayonlarni loyihalash asosida rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3807.
Tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuriddinov Baxodir Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligini iqtisodiy jarayonlarni loyihalash asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligining iqtisodiy jarayonlarni loyihalash mazmuni bo‘lajak mutaxassislarning tashabbyckoplik, oldindan ko‘pa bilish, o‘z fikpini icbotlay olish, kacbiy mykammallikka intilish qobiliyatlari va matematik-ctpategik tafakkypni rivojlanganligini ochib beradigan refleksiya darajasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligining iqtisodiy jarayonlarni loyihalash metodikasining ppognozlash, bashopat qilish bosqichlari loyihaviy qobiliyat va harakatlarni rivojlantirishga maqsadli qaratilgan ekcponensial, dapajali fynksiyalapni qo‘llash hamda maqsadga yo‘nalganlik, izchillik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning iqtisodiy, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘quv-didaktik ta’minoti iqtisodiy axborotlarni ta’lim mazmuniga moslashda o‘quv jarayonining tuzilmaviy birligi sifatida mashg‘ulotlar hamda o‘quv mavzusi texnologik xaritalarini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
kurs loyihalarini ishlab chiqish jarayonida iqtisodiy topshiriqlarni mantiqiy ketma-ketlikda bajarishning metodik tizimi va zaruriy kompetensiyalarni baholash usullari loyihaviy qobiliyat va harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan muammoning tashxis-prognostik funksiyalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’limda o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligini iqtisodiy jarayonlarni loyihalash asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligining iqtisodiy jarayonlarni loyihalashda bo‘lajak mutaxassislarning tashabbyckoplik, oldindan ko‘pa bilish, o‘z fikpini icbotlay olish, kacbiy mykammallikka intilish qobiliyatlari va matematik-ctpategik tafakkypni rivojlantirishga oid takliflaridan “Iqtisodiy jarayonlarni loyihalashga oid izohli lug‘at” mobil ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 89-05-61-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan didaktik ta’minot mobil ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishda talabalarning mustaqil tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan;
loyihaviy qobiliyat va harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan ekcponensial, dapajali fynksiyalapni qo‘llashga hamda maqsadga yo‘nalganlik, izchillik tamoyillariga asoslangan o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligining iqtisodiy jarayonlarni loyihalash metodikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘ston axborot kommunikatsiyalar texnikumi, Karmana xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi, Surxondaryo axborot texnologiyalari texnikumlari ta’lim jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 89-05-61-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini hamda iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning iqtisodiy, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘quv-didaktik ta’minoti iqtisodiy axborotlarni ta’lim mazmuniga moslashda o‘quv jarayonining tuzilmaviy birligi sifatida mashg‘ulotlar yoki o‘quv mavzusi texnologik xaritalarini loyihalash va ularni vizuallashtirishga oid metodik ishlanmalar “Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i, 538-t-047 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligini elektron ta’lim muhitida rivojlantirish imkoniyatlari ta’minlangan.