Omonov Bahodir Nurillaevichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ekologik globallashuv va uning O‘zbekiston ekologik siyosatiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fal48.
Ilmiy maslahatchi: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Do‘smurodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik globallashuvning O‘zbekiston ekologik siyosatiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kishilik jamiyatidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, madaniy globallashuv fonida ayon bo‘lgan integratsion va unifikatsion jarayonlar “inson-tabiat” munosabatlarida ekologik globallashuv tendensiyasini keltirib chiqargani falsafaning determinizm ta’limoti kontekstida ochib berilgan;
er va suv resurslari, iqlim, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, qayta tiklanmas resurslardan foydalanish, “biomassa-texnomassa” aloqadorligidagi global o‘zgarishlar O‘zbekistondagi ekologik vaziyat, ekologik munosabatlar va ekologik muammolar atributlarini jahon ekotizimiga unifikatsiyalashtirgani falsafiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonda davlat ekologik siyosatining strategik asoslari milliy manfaatlar dominantligi, umuminsoniy va milliy manfaatlar uyg‘unligi, mintaqaviy ekologik hamkorlik ustuvorligi, xalqaro ekologik munosabatlarga intilish, tashkiliy-institusional tizimni takomillashtirish, Orol muammosiga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish bilan bog‘liqligi aniqlashtirilgan;
ekologik globallashuv sharoitidagi O‘zbekiston davlat ekologik siyosatining yangi modeli ekologik muhitni himoyalash (ekologik vaziyatni muhofaza qilish, ekologik munosabatlarni optimallashtirish, ekologik muammolarni bartaraf etish) va aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish (ekologik tarbiya uzluksizligi va uyg‘unligini ta’minlash, vositalarini takomillashtirish) mexanizmlarini mummilliylikka xos modernizatsiyalash zaruriyati isbotlangan;
O‘zbekistondagi ekologik muhit ekologik vaziyatning me’yor darajasida saqlangani, ekologik munosabatlarning milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligida, ekologik muammolar kompleks nazoratlashtirilganligida kechayotgani dalillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik globallashuv va uning O‘zbekistondagi ekologik siyosatga ta’siri bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
kishilik jamiyatidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, madaniy globallashuv fonida ayon bo‘lgan integratsion va unifikatsion jarayonlar “inson-tabiat” munosabatlarida ekologik globallashuv tendensiyasini keltirib chiqargani falsafaning determinizm ta’limoti hamda er va suv resurslari, iqlim, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, qayta tiklanmas resurslardan foydalanish, “biomassa-texnomassa” aloqadorligidagi global o‘zgarishlar O‘zbekistondagi ekologik vaziyat, ekologik munosabatlar va ekologik muammolar atributlarini jahon ekotizimiga unifikatsiyalashtirganiga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining dastur senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 2-13-23-2656-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarning atrof-muhitga doir bilimlarini oshirish va ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda davlat ekologik siyosatining strategik asoslari milliy manfaatlar ustuvorligi, umuminsoniy va milliy manfaatlar uyg‘unligi, mintaqaviy ekologik hamkorlik ustuvorligi, xalqaro ekologik munosabatlarga intilish, tashkiliy-institusional tizimni takomillashtirish, Orol muammosiga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish bilan bog‘liqligiga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan “KXA-8-110-2015. Yuqori hosilli, yangi istiqbolli, mahalliy va chetdan keltirilgan meva va uzum navlarini Qashqadaryo viloyatida o‘rganish va ajratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 20 yanvardagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaviy ekologik hamkorlik ustuvorligini ta’minlashga va tashkiliy-institusional tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ekologik globallashuv sharoitidagi O‘zbekiston davlat ekologik siyosatining yangi modeli ekologik muhitni himoyalash (ekologik vaziyatni muhofaza qilish, ekologik munosabatlarni optimallashtirish, ekologik muammolarni bartaraf etish) va aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish (ekologik tarbiya uzluksizligi va uyg‘unligini ta’minlash, vositalarini takomillashtirish) mexanizmlarini umummilliylikka xos modernizatsiya qilishga doir amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy vazifalarini, 2019 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari saylovoldi dasturini hamda 2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi partiya nomzodining saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2022 yil 16 martdagi 03/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi dasturlarini qabul qilishga va mamlakatimiz atrof-muhitini barqarorlashtirishda muhim nazariy-amaliy manba sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi ekologik muhit ekologik vaziyatning me’yor darajasida saqlangani, ekologik munosabatlarning milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligiga asoslangani, ekologik muammolarning nazorat ostida bo‘lgani bilan tavsiflanishiga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” nomli teleko‘rsatuvi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 12-15/356-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarning ekologik dunyo qarashi hamda salohiyatini yuksaltirish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.