Murodova Zuxra Oltiboevnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi kichik texnika vositalari baholash ko‘rsatkichlarining ratsional tarkiblarini asoslash», 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2938
Ilmiy rahbar: Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc. 05/13.05.2020.T.112.01
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalikova Nargiza Abduvalievna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi kichik texnika vositalarining baholash ko‘rsatkichlarining ratsional tarkibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali ularning davlat va dala sinovlari xarajatlari va muddatlarini qisqartirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muayyan rusumdagi KMVning talab etiladigan sonini aniqlashning matematik modeli aniq turdagi ekin joylashtiriladigan kichik dala konturlarining umumiy maydoni va KMVning belgilangan mavsumiy ish hajmi kabi parametrlar asosida tuzilgan;
KMVlarning ratsional qamrov kengliklari va ishchi tezliklari kichik traktorning ilmoq quvvatidan to‘la foydalanish shartidan kelib chiqib aniqlangan;
KTVlar baholash ko‘rsatkichlarining ratsional tarkiblari sinovlarga doir davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarning muhimlilik mezonlari bo‘yicha ranjirovkalash yordamida asoslangan;
asosiy baholash ko‘rsatkichlarining to‘plamlari har bir tashkil etuvchiga xos joizliklar, ularning qiymatlari va o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi kichik texnika vositalari baholash ko‘rsatkichlarining ratsional tarkiblarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
baholash ko‘rsatkichlarini ranjirovkalashning umumiy metodologiyasi va samarasini aniqlash usuli hamda kichik texnika vositalar uchun asosiy baholash ko‘rsatkichlarining to‘plamlari Qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 fevraldagi 02/24-04/104-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kichik texnika vositalar, shu jumladan TTZ-30C kichik traktori davlat sinovlarining xarajatlari 67,5 foizga kamaydi;
kichik texnika vositalarni yaratish va ishlab chiqarish tizimi, ularning ratsional parametrlari va ish rejimlari “Texnolog” AJga foydalanish uchun topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 fevraldagi 02/24-04/104-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kichik texnika vositalarining yuqori samarali yangi namunalarini loyihalashtirish va sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilgan;
dalachilik ishlarini bajarish uchun talab etiladigan kichik texnika vositalar sonini aniqlash usuli, ularning ratsional turlari va tarkiblariga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar “Toshkent Agroservis MTP” MChJga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 fevraldagi 02/24-04/104-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iste’molchilarning kichik dala konturlaridagi ishlarning mexanizatsiyalash darajasi va ish unumini 50-60 foizga oshirishga, yonilg‘i sarfini 40-50 foizga kamaytirishga erishiladi.