Norboev O‘tkir Akbaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Linterni samaradorligini oshirishda takomillashtirilgan aralashtirgichni ishlab chiqish”, 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/T2523.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dadaxonovich, texnika fanlari doktori, professor, Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Chigitni samarali linterlash texnologiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan linterni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linter parraklari bilan val oralig‘i berkitilgan, parraklarga rezina o‘rnatilgan va rezina bilan arrali silindr oraliq masofasining muqobil kattaligi tanlangan yangi konstruksiyali aralashtirgich asosida takomillashtirilgan uskuna ishlab chiqilgan;
linterlash zonasida chigit sirtidan momiqni qirib olishning jadallashishi, chigit shikastlanishini va momiq iflosligining kamayishi aralashtirgich ikki parragi oralig‘idagi massali chigitni arrali silindr yuzasiga beradigan bosim kuchlari oqimining siqilishi va siljishi nazariy asoslangan;
samarali linterlash jarayoni, chigit va momiq sifatining yaxshilanishi aralashtirgich parraklardagi rezina qalinligini, qattiqlik koeffisientini, rezinani parraklardan tashqariga chiqishi balandligini va rezina bilan arrali silindr oraliq masofasini inobatga olgan holda aralashtirgichning parametrlari asoslangan;
linterni ish unumdorligiga, ishlab chiqarilgan chigit va momiqning miqdoriga ta’sir etuvchi aralashtirgichning konstruktiv va texnologik kattliklari ko‘p omilli tajriba natijalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta- to‘qimachilik klasteri paxta tozalash korxonalarida chigitni linterlashda samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta chigitini linterlash texnologiyasi va uskunasi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Jizzax viloyati Do‘stlik tumani “SANGZOR TEKSTIL” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 15 avgustdagi 02/22-497-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli chigitni linterlashda linterning chigit bo‘yicha ish unumdorligini o‘rtacha 47 kg/h va 46 kg/hga, momiq bo‘yicha ish unumdorligini o‘rtacha 2,8 kg/h va 3,1 kg/hga oshirish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan 5LP linteri «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagikorxonaga, jumladan Jizzax viloyati Do‘stlik tumani “SANGZOR TEKSTIL” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasini 2022 yil 15 avgustdagi 02/22-497-son ma’lumotnomasi).Natijada yuqori va past navli chigitlarni linterlashda chigitning shikastlanishi o‘rtacha 0,38 (abs)% dan 0,85 (abs)%ga, momiqdagi iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,62 (abs)% dan 0,37 (abs)%ga kamaytirish hamda ishlab chiqarilayotgan chigit va momiq sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan.