Rajapova Marg‘uba Nazimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato ishlab chiqish va sifat ko‘rsatgichlarini tadqiq qilish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2524
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: S.Xamraeva, texnika fanlari doktori, professor; B.Doniyorov, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tola tarkibi turlicha bo‘lgan iplardan mavsumga mos ravishda ko‘ylakbop matolarning sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilash asosida yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi assortimentdagi ko‘ylakbop matolarning fizik-mexanik xossalari, ya’ni uzilish kuchi, uzilishdagi uzayishi, bikrligi, g‘ijimlanmasligi, ishqalanishga chidamliligi statistik va ehtimollar nazariyasi asosida baholangan hamda matolarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha korrelyasion bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
aralash tolalardan to‘qima olishni avtomatlashtirilgan loyihalash dasturini olish uchun kompyuter dasturining kodlashtirilgan qiymatlari, ya’ni chiziqli zichligi, yuza zichligi, tanda va arqoq iplarining ketma-ket joylashuvi kabi ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan;
ratsional ulushdagi paxta va lavsan tolalaridan aralashma tarkibli yangi assortimentdagi ko‘ylakbop matoning sifat ko‘rsatkichlari, jumladan geometrik va fizik-mexanik xossalari ko‘rsatkichlari kompleks baholangan hamda mos ravishda ayollar ko‘ylagi ishlab chiqilgan;
ko‘ylakbop matolar uchun fizik-mexanik xossalarining ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarishining bog‘liqlik qonuniyatlari to‘liq faktorli tajribani o‘tkazish orqali aniqlangan va matoning arqoq bo‘yicha zichligi, tanda ipining tarangligi, matoning tanda bo‘yicha uzish kuchi, arqoq bo‘yicha uzish kuchi, matoning sirt zichligi, tanda bo‘yicha uzishdagi uzayishi, arqoq bo‘yicha uzishdagi uzayishi kabi ko‘rsatgichlarni prognozlash (ob’ektining retrospektiv ma’lumotlarni tahlil qilish, jarayon doirasida ularning ulchamlari asosida ob’ektining kelgusi rivojlanishiga nisbatan muayyan ishonchlilik to‘g‘risida mulohaza qilish) usuli tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi assortimentdagi ko‘ylakbop matolar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato ishlab chiqish va sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish Jizzax viloyati “TRANS-SERVISE INVEST” ishlab chiqarish korxonasi sharoitiga joriy etilgan (“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 4 avgustdagi 03/25-2330-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasidan olingan matoga nisbatan 25% ga uzish kuchi yuqori bo‘lgan, sifatli mato ishlab chiqarilgan;
turli tarkibli yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato ishlab chiqish va sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish “TRANS-SERVISE INVEST” ishlab chiqarish korxona sharoitiga joriy etilgan (“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 4 avgustdagi № 03/25-2330-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli aralash tarkibli ko‘ylakbop matolarning ishqalanishga chidamliligini 30,68% ga, uzish kuchini tanda bo‘yicha 25,1% ga, arqoq bo‘yicha 30,2% ga yuqori, havo o‘tkazuvchanligini 34,2% ga oshishiga erishilgan va mahalliy korxonalarda ichki va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.