Shonazarov Asror Maxmaisoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirish», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P45.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Farfieva Kamola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash asosida uni rivojlantirishning amaliy imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«rahbar-xodim-jamoa» munosabatlariga kognitiv va ijtimoiy (muloqotchanlik, ijtimoiy mas’uliyat) sifatlarning differensial ta’siri natijasida «vaziyatga yo‘nalganlik»ni muloqotning interaktiv tomoni orqali intensivlashuviga asoslanib, rahbarlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni ish stajiga bog‘liq xolda dinamik rivojlanishi dalillangan;
shaxslararo munosabatlarda empatiya, refleksiya, identifikatsiya kabi ijtimoiy persepsiya mexanizmlarini integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra, empatiyaning ratsional va intuitiv kanalini ijtimoiy faollik hissi bilan uyg‘un rivojlanishiga asoslanib, rahbarlarda kasbiy psixologik kompetentlikning ijtimoiy-affektiv komponenti ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
kasbiy kompetentlikning boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga bevosita ta’siri natijasida shaxs integral tashkiliy qobiliyatlarini markazga qo‘yish tamoyiliga muvofiq transformatsiyalanishiga ko‘ra, maktab direktorlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni reprezentatsiyalanish imkoniyati kuchayishi aniqlangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra, refleksiv empatiyani hissiyotlarni identifikatsiyalash ko‘nikmasini kuchaytirish orqali shakllantirishga qaratilgan «Rahbar va jamoa munosabatlari» mualliflik motivatsion trening dasturini kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirish masalasini tadqiq etish natijasida:
«rahbar-xodim-jamoa» munosabatlariga kognitiv va ijtimoiy (muloqotchanlik, ijtimoiy mas’uliyat) sifatlarning differensial ta’siri natijasida «vaziyatga yo‘nalganlik»ni muloqotning interaktiv tomoni orqali intensivlashuviga asoslanib, rahbarlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni ish stajiga bog‘liq xolda dinamik rivojlanishiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan «Boshqaruv va marketing psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning rahbar xodimlarda ijtimoiy-psixologik kompetentlik rivojlanishining dinamik xususiyatlarini prognozlash imkoniyatini takomillashtirishga erishilgan;
shaxslararo munosabatlarda empatiya, refleksiya, identifikatsiya kabi ijtimoiy persepsiya mexanizmlarini integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra, empatiyaning ratsional va intuitiv kanalini ijtimoiy faollik hissi bilan uyg‘un rivojlanishiga asoslanib, rahbarlarda kasbiy psixologik kompetentlikning ijtimoiy-affektiv komponenti ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida pedagog-psixologlarning rahbar xodimlarni kompetentlik darajasini diagnostika qilish, ijtimoiy-psixologik kompetentlik komponentlari, ularning shakllanish shart-sharoitlari va mexanizmlarini rivojlantirishga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
kasbiy kompetentlikning boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga bevosita ta’siri natijasida shaxs integral tashkiliy qobiliyatlarini markazga qo‘yish tamoyiliga muvofiq transformatsiyalanishiga ko‘ra, maktab direktorlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni reprezentatsiyalanish imkoniyati kuchayishi asoslangan ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni boshqaruv psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra, refleksiv empatiyani hissiyotlarni identifikatsiyalash ko‘nikmasini kuchaytirish orqali shakllantirishga qaratilgan «Rahbar va jamoa munosabatlari» mualliflik motivatsion trening dasturi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixolog kadrlarning «rahbar xodimlarda ijtimoiy-psixologik kompetentlikni rivojlantirish» borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Boshqaruv psixologiyasi» o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuni va o‘quv uslubiy majmua takomillashtirilgan.