Ummatova Sitora Shavkatulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rashk fenomenining oila munosabatlaridagi gender va yosh farqlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P174.
Ilmiy rahbar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘gli, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rashk fenomenining oila shaxslararo munosabatlardagi gender va yosh farqlarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash, rashk bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladigan profilaktik-korreksion chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila munosabatlaridagi rashk hissining ontogenetik, aksiologik jihatlariga ko‘ra, shaxs psixologik  komponentlari orasida psixologik kayfiyat, ruhiy holat, o‘ziga ishonchni yuqori darajada ifodalanishi oila munosabatlariga ta’sir etishiga asoslanib, uning yosh va jinsga, ma’naviy saviyaga bog‘liq xususiyatlari isbotlangan;
hissiy-emotsional tizimda rashkning shaxsga konstruktiv ta’siri o‘z-o‘ziga adekvat baho berishni rivojlanishi asosida oila qadriyatlarini transformatsiyalanishiga olib kelganligi tufayli, yosh xususiyatlariga bog‘liq ekanligi dalillangan;
shaxslararo munosabatlarni psixologik uyg‘unlashtirishda shaxsning empatik, perseptiv, konstruktiv yondashuvini tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra, liderlik xususiyatlarini «super Ego»ning axloqiy ta’sirini kuchaytirish asosida  nikohga qadar rashk hissining kognitiv jihatini rivojlantirish zarurligi asoslangan;
oila muammolarining yuzaga kelishida rashk hissini dinamik evolyusiyasiga muvofiq «o‘zini o‘zi baholash», «o‘z-o‘ziga ishonch», «baholash darajalari», «ishonch darajalari»ni ambivalent namoyon bo‘lishini kuchayishiga asoslanib,  emotsional munosabatlarni barqarorlashtirish uchun «psixologik imunitet» usulini qo‘llash optimal ekanligi dallingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rashk fenomenining oilaviy munosabatlarda namoyon bo‘lishining gender va yosh farqlarini ilmiy tadqiq o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oila munosabatlarida rashk hissining ontogenetik, aksiologik xususiyatlariga tayanib, shaxs psixologik tizimi komponentlari orasida rashkning psixologik kayfiyat, ruhiy xolat, motiv, o‘ziga ishonch kabi komponentlarning oila munosabatlarida aks etishiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi 23-sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-23a-son ma’lumotnomasi). Natijada markazning amaliyotchi psixologlarida emotsional munosabatlarga doir ilmiy-nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar shakllantirilgan;
hissiy-emotsional tizimda rashkning shaxsga konstruktiv ta’siri o‘z-o‘ziga adekvat baho berishni rivojlanishi asosida oila qadriyatlarini transformatsiyalanishiga olib kelganligi tufayli, yosh xususiyatlariga bog‘liq ekanligiga doir xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi 23-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-23a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik amaliy faoliyatda kasbiy kompetensiyalar samaradorligiga ta’sir etishiga erishilgan; 
shaxslararo munosabatlarni psixologik uyg‘unlashtirishda shaxsning empatik, perseptiv, konstruktiv yondashuvini tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra, liderlik xususiyatlarini «super Ego»ning axloqiy ta’sirini kuchaytirish asosida  nikohga qadar rashk hissining kognitiv jihatini rivojlantirish zarurligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi 23-sonli buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan va va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazi Samarqand filialining amaliy faoliyatiga joriy qilingan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-23a-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filialining 2021 yil 5 apreldagi 01/57-son ma’lumotnomalari). Natijada psixologik mexanizm sifatida shaxsning o‘zini o‘zi baholashi hamda rashk darajasi orasidagi nizoli xolatlarni oldini olish imkoniyatlari asoslangan va amaliyotga tadbiq etilgan; 
oila muammolarining yuzaga kelishida rashk hissini dinamik evolyusiyasiga muvofiq «o‘zini o‘zi baholash», «o‘z-o‘ziga ishonch», «baholash darajalari», «ishonch darajalari»ni ambivalent namoyon bo‘lishini kuchayishiga asoslanib,  emotsional munosabatlarni barqarorlashtirish uchun «psixologik imunitet» usulini qo‘llash optimal ekanligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi 23a-sonli buyrug‘iga asosan «Sotsial psixologik trening» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-23a-son ma’lumotnomasi). Natijada oila muhiti barqarorligiga tahdid etishi nuqtai nazardan nizoli xulq rivojlanishini oldini olish imkoniyatlari asoslangan va amaliyotda tadbiq etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish