Alimardanova Ra’no Narbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh kelin-kuyov o‘rtasidagi sog‘lom psixologik munosabatlarni ta’minlashning ijtimoiy-etnik asoslari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P111.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meliqulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalarida yosh kelin-kuyov o‘rtasidagi sog‘lom psixologik munosabatlarni ta’minlashning ijtimoiy-etnik jihatlarini ochib berish asosida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh kelin-kuyovlarning oilaviy hayot haqidagi ijtimoiy tasavvurlariga empatiyaviy o‘zaro ta’sir hissini singdirilishi ijtimoiy rollarni real va ideal «Men»ning refleksivlik jihatini al`truizm (rahmdillik-beg‘arazlik) motivlarini rivojlantirish orqali kuchaytirishi oiladagi sog‘lom psixologik munosabatlarni o‘rnatishning ijtimoiy-etnik asosi ekanligi dalillangan;
o‘zbek oilalaridagi «qaynona-kelin» munosabatlariga kelinning psixologik kutuvlarini bevosita ta’siri ijtimoiy faollik, juftiga nisbatan shaxsiy identifikatsiya vazifalarini qadriyatlar integratsiyasi orqali namoyon etishi yosh oilalar o‘zaro muloqotini konstruktiv rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan; 
o‘zaro rollar taqsimotining er va xotin tomonidan baholanishida gender farqlarni mavjudligi tufayli oilaviy munosabatlarda «o‘zaro tushunish», «emotsional intilish», «o‘zaro hurmat» hislarini affiliatsiya motiviga ustuvorlik berish orqali shakllanishi natijasida yosh kelin-kuyovlar uchun etnik qadriyatlarga asoslangan ijtimoiy pozisiyani rivojlantirish zarurati dalillangan;
yosh kelin-kuyovlar o‘rtasida oila mustahkamligini ta’minlash uchun shaxsning hissiy-kommunikatsiya, ijtimoiy rollar transformatsiyasiga tolerant moslashishini ta’minlovchi empatiyani rivojlantirish asosida ko‘p bo‘g‘inli oilalarda konstruktiv muloqotni shakllantirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh kelin-kuyov o‘rtasidagi sog‘lom psixologik munosabatlarni ta’minlashning ijtimoiy-etnik asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yosh kelin-kuyovlarning oilaviy hayot haqidagi ijtimoiy tasavvurlariga empatiyaviy o‘zaro ta’sir hissini singdirilishi ijtimoiy rollarni real va ideal «Men»ning refleksivlik jihatini al`truizm (rahmdillik-beg‘arazlik) motivlarini rivojlantirish orqali kuchaytirishi oiladagi sog‘lom psixologik munosabatlarni o‘rnatishning ijtimoiy-etnik asosi ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-38-a-sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishiga shuningdek, nizoli oilalar bilan ishlash mahoratini takomillashtirishga erishilgan;
o‘zbek oilalaridagi «qaynona-kelin» munosabatlariga kelinning psixologik kutuvlarini bevosita ta’siri ijtimoiy faollik, juftiga nisbatan shaxsiy identifikatsiya vazifalarini qadriyatlar integratsiyasi orqali namoyon etishi yosh oilalar o‘zaro muloqotini konstruktiv rivojlanishiga olib kelishi isbotlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-38-a-sonli buyrug‘i bilan  «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalar bilan ishlaydigan amaliyotchi psixologlarning yosh kelin-kuyovlar muhitini sog‘lomlashtirish hamda ijobiy omillarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi holatlarni ilmiy prognozlash ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
o‘zaro rollar taqsimotining er va xotin tomonidan baholanishida gender farqlarni mavjudligi tufayli oilaviy munosabatlarda «o‘zaro tushunish», «emotsional intilish», «o‘zaro hurmat» hislarini affiliatsiya motiviga ustuvorlik berish orqali shakllanishi natijasida yosh kelin-kuyovlar uchun etnik qadriyatlarga asoslangan ijtimoiy pozisiyani rivojlantirish zarurati dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-38-a-sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy  psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama mustahkam, sog‘lom fikrlar bilan turmushga qadam qo‘yadigan yoshlarni shakllantirish borasida ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
yosh kelin-kuyovlar o‘rtasida oila mustahkamligini ta’minlash uchun shaxsning hissiy-kommunikatsiya, ijtimoiy rollar transformatsiyasiga tolerant moslashishini ta’minlovchi empatiyani rivojlantirish asosida ko‘p bo‘g‘inli oilalarda konstruktiv muloqotni shakllantirish muhimligi dalillangan xulosa va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi  Mahalla  va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 02-09/151-son ma’lumotnomasi «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan. Natijada, amaliyotchi psixologlarning oilaviy psixologik xizmat, oilaviy maslahatni tashkil etishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish