Xusanova Mamlakat Furqatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori darajada bo‘kuvchan oleogel va gidrogellar olish texnologiyasi va ularni qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2786.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori; Tojidinov Mashhurbek Baxodirovich,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va sintetik kauchuklar asosida, neft mahsulotlari va organik birikmalarni yutuvchi oleogellar hamda import o‘rnini bosa oladigan, mineral resurslarni tejovchi, yuqori bo‘kuvchan gidrogellarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kauchuklar bilan kroton aldegidi va malein angidridi asosida yangi tarkibli oleogellar sintez qilingan;
sintez qilingan oleogellarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
kroton aldegidi, akril kislotasi hamda choklovchi N,N-metilenbisakrilamid bilan o‘zaro sopolimerlanishi asosida sintez qilingan girogellarning ishqoriiy gidrolizlanishidan polimer zanjirda yangi gidrofil guruhlar hosil bo‘lishi hisobiga gidrogellarning suv yutish darajasi va knetikasi yaxshilanishi aniqlangan;
sintez qilingan oleogel va gidrogellarning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari hamda bo‘kuvchanlik darajasi choklovchi agentlarning konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
kauchuklar, kroton aldegidi, malein angiridi hamda akril kislotasi asosida yangi oleogel va gidrogellarini olishning iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori darajada bo‘kuvchan oleogel va gidrogellar olish texnologiyasi va ularni qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlarni tozalash uchun kauchuklar asosida olingan oleogellar «BMAX BUILDING MATERIALS» MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan («BMAX BUILDING MATERIALS» MChJ QKning 2022 yil 28 apreldagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada, lok-bo‘yoq zavodlaridagi oqova suvlarni organik birikmalardan tozalash imkonini bergan;
oqova suvlardagi organik erituvchilarni ajratish olish uchun butadien stirol kauchugi va malein angidridi sopolimerlari asosida olingan oleogellar «BMAX BUILDING MATERIALS» MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan («BMAX BUILDING MATERIALS» MChJ QKning 2022 yil 28 apreldagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona oqava suvlaridagi mavjud bo‘lgan organik erituvchilarni ajratib olish va qayta foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish