Nazarov Nazar G‘ulom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkin iqtisodiy zonalarda tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion-investision faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1024.
Ilmiy rahbar: Zakirova Sayyora Alimovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/31.12.2020.1.130.01. 
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin iqtisodiy zonalarda tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion-investision faoliyatini tahlil qilish va uning qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkin iqtisodiy zonalarda yetakchi tarmoqlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini xomashyo va materiallar, transport-logistika xizmatlarining birlashgan ta’minoti negizida o‘zaro integratsiyalash orqali qurilish, mebel` va qog‘oz, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,1-1,62 baravar chegarada oshirish imkoniyatlari aniqlangan;
erkin iqtisodiy zonalardagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini innovatsionlik tavsifiga ko‘ra yuqori (0,75-1,0), o‘rta (0,55-0,74) va past (0-0,54) darajalarga ajratish hamda qulay ishlab chiqarish shart-sharoitlari va infratuzilma xizmatlaridan foydalanishda mazkur darajalardan kelib chiqqan holda ustuvorlik berish orqali rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan imtiyozlarga ega bo‘lish uchun erkin iqtisodiy zonalarga kiritish talab etiladigan investisiya miqdorini ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport-logistika tizimining rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirish taklifi asoslangan; 
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion faoliyatini rivojlantirish asosida 2030 yilga qadar jalb qilinadigan investisiyalar va eksport hajmi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion-investision faoliyatini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
erkin iqtisodiy zonalarda yetakchi tarmoqlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini xomashyo va materiallar, transport-logistika xizmatlarining birlashgan ta’minoti negizida o‘zaro integratsiyalash orqali qurilish, mebel` va qog‘oz, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,1-1,62 baravar chegarada oshirish taklifi “Navoiy” EIZda tadbirkorlik va investision faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning 2021 yil 27 dekabrdagi 01/983-21-son hamda Navoiy viloyat hokimligining 2021 yil 27 dekabrdagi 02/86-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilning 9 oyi davrida “Navoiy” EIZdagi tadbirkorlik sub’ektlarining logistika bilan bog‘liq xarajatlari 9,2 foizga kamaygan va eksport hajmi 13,1 foizga oshgan;
    erkin iqtisodiy zonalardagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini innovatsionlik tavsifiga ko‘ra yuqori (0,75-1,0), o‘rta (0,55-0,74) va past (0-0,54) darajalarga ajratish hamda qulay ishlab chiqarish shart-sharoitlari va infratuzilma xizmatlaridan foydalanishda mazkur darajalardan kelib chiqqan holda ustuvorlik berish orqali rag‘batlantirish taklifi “Navoiy” EIZda tadbirkorlik va investision faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning 2021 yil 27 dekabrdagi 01/983-21-son hamda Navoiy viloyat hokimligining 2021 yil 27 dekabrdagi 02/86-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2021 yilning 9 oyi davrida tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish hajmi 12,6 foizga oshgan;
    tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan imtiyozlarga ega bo‘lish uchun erkin iqtisodiy zonalarga kiritish talab etiladigan investisiya miqdorini ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport-logistika tizimining rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirish taklifi “Navoiy” EIZda tadbirkorlik va investision faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning 2021 yil 27 dekabrdagi 01/983-21-son hamda Navoiy viloyat hokimligining 2021 yil 27 dekabrdagi 02/86-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2021 yilning 9 oyi davrida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga investisiyalarni jalb qilish 10,6 foizga oshgan;
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion faoliyatini rivojlantirish asosida 2030 yilga qadar jalb qilinadigan investisiyalar va eksport hajmi prognoz ko‘rsatkichlari “Navoiy” EIZda tadbirkorlik va investision faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning 2021 yil 27 dekabrdagi 01/983-21-son hamda Navoiy viloyat hokimligining 2021 yil 27 dekabrdagi 02/86-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Navoiy” EIZsida o‘rta va uzoq muddatli prognoz parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish