Yusupova Shaxnoza Abduxafizovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1585.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped 83.01. 
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc); Abduganieva Djamila Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanib ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha mustaqil ishlarini tashkil etish (motivatsion, kognitiv-operatsion, faoliyatga oid) texnologiyalari umumdidaktik va xususiy metodik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
mustaqil ta’lim jarayonida ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanishning mustaqil ishlashda talab, izlanish, ijodiy kabi adaptiv va ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilish kabi reproduktiv metodlariga ko‘ra integrativ-rivojlantiruvchi faoliyat takomillashtirilgan;
ommaviy ochiq onlayn kurslarda ingliz tilini muammoli, loyihaviy va refleksiv o‘qitish shakllari tilni o‘qitish texnologiyasini aniqlash hamda taksonomiya, intensivlik va assimilyasiya kabi bosqichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini shaxsga yo‘naltirilgan holda o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanishning didaktik va metodik ta’minoti Smart texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslardan  foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
talabalarning ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanib ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha mustaqil ishlarini tashkil etish (motivatsion, kognitiv-operatsion, faoliyatga oid) texnologiyalari umumdidaktik va xususiy metodik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosa va takliflardan I-204-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 1076/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanib ingliz tilini o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanishning mustaqil ishlashda talab, izlanish, ijodiy kabi adaptiv va ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilish kabi reproduktiv metodlariga ko‘ra integrativ-rivojlantiruvchi faoliyat takomillashtirilganligiga oid xulosa va takliflardan OT-Atex-2018-519-raqamli «Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni Veb-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 22 sentyabrdagi 2269/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini mustaqil o‘qitishga doir  tarkibiy-funksional tuzulmalari takomillashtirilgan;
ommaviy ochiq onlayn kurslarda ingliz tilini muammoli, loyihaviy va refleksiv o‘qitish shakllari tilni o‘qitish texnologiyasini aniqlash hamda taksonomiya, intensivlik va assimilyasiya kabi bosqichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosa va takliflardan 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston Uneversity DeTEL «Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes» mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 1077/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’limda ommaviy ochiq onlayn kurslarni tanlash, ingliz tilini o‘qitish mezonlari va bosqichlari aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini shaxsga yo‘naltirilgan holda o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanishning didaktik va metodik ta’minoti Smart texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosa va takliflardan I-204-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 1076/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanishga doir interfaol topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish