O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq romantizmining estetikasi: tadrijiy tahlil va zamonaviy yondashuvlar ierarxiyasining falsafiy asoslari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fa167.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Akilova Kamola Baltaboevna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Qaxxarova Matlyuba Mannafovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq romantizmining xususiyatlari, genezisi va evolyusiyasi falsafiy komparativistika orqali Sharq estetik tafakkuri taraqqiyoti, tarixi va san’atida romantizm xususiyatlari qay tarzda namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
romantizmning asosiy belgisi ijodkorning voqelikka mushohadali munosabati orqali hissiy yuksaklikda namoyon bo‘lganligi va ijtimoiy-falsafiy tafakkuriga qarab rivojlanib borganligi falsafiy jihatdan isbotlangan; 
 Sharq estetik romantizmi G‘arb romantizmidan qadimiyroq genezisga ega ekanligi, islomgacha bo‘lgan davr moddiy va ma’naviy qadriyatlari (zardushtiylik, moniylik, mazdakizm kabilar) misolida personajlar, g‘oyalar va dunyoqarashlarning antitetik texnikasi taqdimot obrazini kuchaytirish yoki insoniyatning murakkab kechinmalarini ochib berish uchun qo‘llanilgani falsafiy dalillangan;
Sharq romantizmining dunyoqarash muammosini va uning ijtimoiy-falsafiy negizlarini hayot oqimidan, inson va jamiyat muammolaridan, ijodkor hayoloti va qalbidan izlash zarurligi, u adabiyot, san’at, din, falsafa va estetik tafakkurning jumboqli va murakkab zaxiralarida o‘rin egallagan chuqur falsafiy tafakkur sifatida o‘zida barcha estetik mezonlarni jamlagan faol jarayon ekanligi ochib berilgan;
XX asr tasviriy san’atining falsafiy-romantik yo‘nalishdagi hayotdagi do‘stlik va muxabbat, erkinlik, g‘ayrioddiy shakldagi sentimental hissiyot g‘oyalarida hissiy mushohadaga asoslanish, hayolot obrazlari bilan qiziqish, idealni voqelikdan emas, balki o‘tmishdan qidirilganligi falsafiy jihatdan asoslangan;
romantizm falsafada panteistik dunyoqarash, sotsiologiyada insoniyat jamiyati haqidagi utopik ta’limot, san’atda ma’naviy shaxsning faol yaratuvchanligiga asoslangan voqelikni badiiy o‘zlashtirish metodologiyasi shaklida namoyon bo‘lishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq romantizmi estetikasi hamda uning tadrijiy tahlili va ierarxiyasi orqali zamonaviy yondashuvlarning falsafiy asoslarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Sharq romantizmining dunyoqarash muammosini va uning ijtimoiy-falsafiy negizlarini hayot oqimidan, inson va jamiyat muammolaridan, ijodkor hayoloti va qalbidan izlash zarurligi, u adabiyot, san’at, din, falsafa va estetik tafakkurning jumboqli va murakkab zaxiralarida o‘rin egallagan chuqur falsafiy tafakkur sifatida o‘zida barcha estetik mezonlarni jamlagan faol jarayon ekanligiga oid taklif va tavsiyalaridan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi ekspozisiyalar bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 1 martdagi 01-12-05-783-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey ekspotsiyalarini boyitishga, shuningdek yoshlarni jamiyatda estetik madaniyat, san’atga muhabbat kabi estetik mezonlar va milliy umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
XX asr tasviriy san’atining falsafiy-romantik yo‘nalishdagi hayotdagi do‘stlik va muxabbat, erkinlik, g‘ayrioddiy shakldagi sentimental hissiyot g‘oyalarida hissiy mushohadaga asoslanish, hayolot obrazlari bilan qiziqish, idealni voqelikdan emas, balki o‘tmishdan qidirilganligi falsafiy jihatdan asoslanganganligiga oid taklif-tavsiyalaridan respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «O‘zbekiston falsafasi tarixining III jildini nashr etish» mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda va O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish, ajdodlarga munosib qilib tarbiyalashda adabiyot, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlarining 19-bandi — «Buyuk allomalarimizning mashhur asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi mobil` ilova yaratish va ishga tushirish» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 23 fevraldagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada ezgu g‘oyalarning mazmun-mohiyati bugungi jamiyatimizda yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish bilan bog‘liq nazariy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
falsafada romantizm bu panteistik dunyoqarash; romantizm sotsiologiyada odamzod jamiyati xaqidagi utopik ta’limot; romantizm san’atda ma’naviy shaxsning faol-yaratuvchanligiga asoslangan, xaqiqatni badiiy o‘zlashtirishdagi ma’lum bir metodologiya ekanligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi OT-F1-95 raqamli loyiha doirasida tayyorlangan «Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari» mavzusidagi (2017-2020 yillarda bajarilgan) fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 04/11-7894-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi yuksalishiga, zamonaviy san’at paradigmasini anglashiga, falsafiy mushohadasi kengayishiga xizmat qilgan;
Sharq estetik romantizmi G‘arb romantizmidan qadimiyroq genezisga ega ekanligi, islomgacha bo‘lgan davr moddiy va ma’naviy qadriyatlari (zardushtiylik, moniylik, mazdakizm kabilar) misolida personajlar, g‘oyalar va dunyoqarashlarning antitetik texnikasi taqdimot obrazini kuchaytirish yoki insoniyatning murakkab kechinmalarini ochib berish uchun qo‘llanilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining «Kun mavzusi» teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 yanvardagi 18-21/16-son ma’lumotnomasi). Bu esa Sharq allomalarining falsafiy-estetik ta’limotlari ommalashuviga, tomoshabinlar va yoshlarning falsafiy dunyoqarishini kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish