Buzrukov Muhammadixon Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temuriylar davri Samarqand ilmiy-ma’naviy muhitida tasavvuf namoyandalarining tutgan o‘rni (XIV asr oxiri – XV asrning birinchi yarmi)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar131.
Ilmiy rahbar: Karimov El`yor Erikovich, tarix fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Ochil Bo‘riev, tarix fanlari nomzodi, professor; Usmonov Bahriddin Ahmedovich, tarix fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV asr oxiri – XV asrning birinchi yarmi Samarqand ilmiy-ma’naviy muhitida tasavvuf olimlarining tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Ne’matullohiya” tariqatining asoschisi Shoh Ne’matul-loh Valiyning (1330-1431 yy.) Samarqandda Amir Temur davrida qurilgan xonaqohi va unga oid tarixiy hujjatlar, Sayyid Sharif Jurjoniyning bu shaharda naqshbandiya ta’limotini Alouddin Attor va Nizomiddin Xomushdan o‘rgangani haqidagi ma’lumotlar aniqlangan; 
Amir Temur davrida hurfikrlilik va diniy bag‘rikenglik natijasida shakllangan yangi tariqatlar xususan, “ne’matullohiya” ta’limotini Shoh Ne’matulloh Valiy, naqshbandiya ta’limotini esa Alouddin Attor olib kirgani  isbotlangan; 
Sayyid Sharif Jurjoniyning “Ta’liyqatun a’la Avoriful Ma’orif lis-Suhravardiy”, “Sharhul Odob li Azududdin Iyjiy”, “Risolai Shavqiya”, “Manoqibi shayx Bahouddin Naqshband”, “Risola fi tahqiqi ma’no ul-harf” asarlari asosida Amir Temur saroyi olimlarining mamlakatdagi mavjud tasavvuf tariqatlarini, ularning ta’limotlarini maxsus o‘rganib, tegishli xulosalar chiqarib borganliklari dalillangan; 
Amir Temur davridayoq Samarqandda xojagon-naqshbandiya tariqatining piru murshidi “Dar bayoni tariqai naqshbandiya” nomli risola muallifi bo‘lgan Nizomiddin Xomushning tarjimai holi ilk marotaba manbalar asosida tiklanib, Mirzo Ulug‘bek madrasasida mudarrislik qilgani hamda Shovdor tumanidagi “Talli ota” ziyoratgohi uning xonaqohi o‘rnida vujudga kelib, avlodlariga meros qolgani asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand ilmiy-ma’naviy muhitida tasavvuf allomalarining tutgan o‘rnini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Ne’matullohiya” tariqatining asoschisi Shoh Ne’matul-loh Valiyning (1330-1431 yy.) Samarqandda Amir Temur davrida qurilgan xonaqohi va unga oid tarixiy hujjatlar, Sayyid Sharif Jurjoniyning bu shaharda naqshbandiya ta’limotini Alouddin Attor va Nizomiddin Xomushdan o‘rgangani haqidagi ma’lumotlar aniqlanganligi hamda Amir Temur davrida hurfikrlilik va diniy bag‘rikenglik natijasida shakllangan yangi tariqatlar xususan, “ne’matullohiya” ta’limotini Shoh Ne’matulloh Valiy, naqshbandiya ta’limotini esa Alouddin Attor olib kirgani  isbotlanganligi xususidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tad-qiqot markazida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2021 yil 9 apreldagi 02/124-son ma’lumotnomasi). Bu esa markazning ilmiy faoliyatida konferensiyalar o‘tkazish, ziyorat turizmiga oid dasturlar yaratishda, bukletlar tayyorlashga xizmat qilgan;
Sayyid Sharif Jurjoniyning “Ta’liyqatun a’la Avoriful Ma’orif lis-Suhravardiy”, “Sharhul Odob li Azududdin Iyjiy”, “Risolai Shavqiya”, “Manoqibi shayx Bahouddin Naqshband”, “Risola fi tahqiqi ma’no ul-harf” asarlari asosida Amir Temur saroyi olimlarining mamlakatdagi mavjud tasavvuf tariqatlarini, ularning ta’limotlarini maxsus o‘rganib, tegishli xulosalar chiqarib borganliklari dalillanganligi hamda Amir Temur davridayoq Samarqandda xojagon-naqshbandiya tariqatining piru murshidi “Dar bayoni tariqai naqshbandiya” nomli risola muallifi bo‘lgan Nizomiddin Xomushning tarjimai holi ilk marotaba manbalar asosida tiklanib, Mirzo Ulug‘bek madrasasida mudarrislik qilgani hamda Shovdor tumanidagi “Talli ota” ziyoratgohi uning xonaqohi o‘rnida vujudga kelib, avlodlariga meros qolgani asoslanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol”, “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda, ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 30 sentyabrdagi 01-13-1545-son ma’lumotnomasi). Natijada Sayyid Sharif Jurjoniyga Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘rgatgan Nizomiddin Xomushning Ulug‘bek madrasasida mudarrislik qilgani, “Dar bayoni tariqai naqshbandiya” nomli asar yozgani, mashhur mutasavvif Sayyid Qosim Tabreziyning Ulug‘bek akademiyasining eng etuk olimi Qozizoda Rumiy va uning shogirdi Fathulloh Tabriziy bilan aloqalari kabi ma’lumotlarni ommalashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish