Nishonov Abdurashid Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shayboniylar hukmronligi davrida Farg‘ona vodiysidagi siyosiy jarayonlar», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar322.
Ilmiy rahbar: O‘ljaeva Shoxista Mamajanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor; Zamonov Akbar Turg‘unovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shayboniylar davrida Farg‘ona vodiysida yuz bergan siyosiy jarayonlar va ularning rivojiga ta’sir etgan omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining Shayboniylar sulolasi tasarrufiga o‘tishi uch bosqichda amalga oshganligi hamda uning birinchi bosqichi (1503 y.) Farg‘ona hokimi Ahmad Tanbalning Shayboniyxon hukmronligini e’tirof etishi, ikkinchi bosqichi (1504 y.) Ahmad Tanbal hokimiyatini tugatilishi va vodiy boshqaruvining shayboniy sultonlar qo‘liga o‘tishi, uchinchi bosqichi (1510-1514 yy.) Shayboniyxon halokatidan keyingi siyosiy jarayonlar ta’sirida Farg‘onada mo‘g‘ul xoni Sulton Saidxon hukmronligining o‘rnatilishi va Toshkent hokimi Sevinchxojaxon tomonidan vodiyda Shayboniylar hukmronligining qayta tiklanishi bilan izohlanishi asoslangan;
Farg‘ona vodiysida Sulton Saidxon hukmronligining o‘rnatilishi va tugatilishi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan shayboniy sultonlarga qarshi olib borilgan kurash natijalariga bog‘liq bo‘lganligi dalillangan;
Shayboniylar davrida Farg‘ona vodiysi ma’muriy jihatdan Axsi va Andijon viloyatlariga bo‘lib boshqarilganligi, buning tarixiy ildizlari Samoniylar hamda Temuriylar davriga borib taqalishi asoslangan;
Farg‘ona vodiysida hokimlik qilgan shayboniy sultonlarning (Jonibek sulton (Axsida), Mahmudshoh sulton (Andijonda), Jumonmardalixon sulton (Andijonda), Amin sulton (Andijonda), Do‘stmuhammad sulton (Axsida), Mo‘min sulton (Andijonda), Hoshim sulton (Axsida), Isfandiyor sulton (Andijonda), Poyanda Muhammad sulton (Axsida), Hazora sulton (Axsida), O‘zbek sulton va Muhammadquli sulton (Farg‘ona vodiysida)) shaxsiga va ularning siyosiy faoliyatiga aniqlik kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shayboniylar davrida Farg‘ona vodiysida kechgan siyosiy jarayonlar tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysining Shayboniylar sulolasi tasarrufiga o‘tishi uch bosqich amalga oshganligi hamda uning birinchi bosqichi (1503 y.) Farg‘ona hokimi Ahmad Tanbalning Shayboniyxon hukmronligini e’tirof etishi, ikkinchi bosqichi (1504 y.) Ahmad Tanbal hokimiyatini tugatilishi va vodiy boshqaruvining shayboniy sultonlar qo‘liga o‘tishi, uchinchi bosqichi (1510-1514 yy.) Shayboniyxon vafotidan keyingi siyosiy jarayonlar ta’sirida Farg‘onada mo‘g‘ul xoni Sulton Saidxon hukmronligining o‘rnatilishi va Toshkent hokimi Sevinchxojaxon tomonidan vodiyda Shayboniylar hukmronligining qayta tiklanishi bilan izohlanishi, Farg‘ona vodiysida Sulton Saidxon hukmronligining o‘rnatilishi va tugatilishi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan shayboniy sultonlarga qarshi olib borilgan kurash natijalariga bog‘liq bo‘lganligi kabi ilmiy xulosalar asosida tayyorlangan xarita, jadval va boshqa nashriy manba ko‘rinishidagi muzey hujjatlar fondiga taqdim etilgan ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozision rejalarini tuzishda, ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022 yil 31 yanvardagi 02-01/286-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey fondini boyitishga, ilmiy-ommabop ma’lumotnomalar tuzishga, ularni ilmiy jihatdan asoslashga manba sifatida xizmat qilgan;
Shayboniylar davrida Farg‘ona vodiysi ma’muriy jihatdan ikki qismga, Axsi va Andijon viloyatlariga bo‘lib boshqarilganligi, Farg‘ona vodiysida hokimlik qilgan shayboniy sultonlarning (Jonibek sulton (Axsida), Mahmudshoh sulton (Andijonda), Jumonmardalixon sulton (Andijonda), Amin sulton (Andijonda), Do‘stmuhammad sulton (Axsida), Mo‘min sulton (Andijonda), Hoshim sulton (Axsida), Isfandiyor sulton (Andijonda), Poyanda Muhammad sulton (Axsida)) nomlariga aniqlik kiritilganligi kabi ilmiy xulosalardan 2021 yilda namoyish etilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 08-14-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning Shayboniylar hukmronligi davrida Farg‘ona vodiysidagi siyosiy jarayonlar yuzasidan ilmiy dalillarga boy va xalqchil bo‘lishi ta’minlangan.