Maxmudov Akmal Mannonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning ijtimoiy-siyosiy faoliyati», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/Tar 911.
Ilmiy rahbar: Xayitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.0505.
Rasmiy opponetlar: Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev Muzrobjon Gulomovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Buxoro taraqqiyparvarlik va jadidchilik harakatining vakili Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning ijtimoiy-siyosiy faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning Turkiston o‘lkasi bo‘ylab qilgan sayohati hamda 1898 yil Andijon qo‘zg‘olonidagi ishtiroki ijtimoiy-siyosiy qarashlarining shakllanishiga ta’sir etgani, Bog‘chasaroy, Qozon va Ufa, Istanbulga safar qilgani, «Yosh turklar»ning o‘nlab vakillari bilan shaxsiy muloqot olib borganligi aniqlangan;
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning Buxoro amirligi hukmronligi davrida tatar maktablari faoliyatidagi ishtiroki, yangi usul maktabiga asos solgani va maorif sohasida o‘quvchilarni savodini chiqarishdagi faoliyati, Turkiston o‘lkasi hamda Buxoro amirligida ozodlik uchun kurashlardagi tashviqot-targ‘ibot sohasidagi yo‘lboshchilardan biri bo‘lgani, yetakchi jadid munavvarlari bilan bir safda turganligi asoslangan;
BXSR milliy hukumati tarkibida Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaev «Moliya noziri», «Harbiy nozir muovini», «Iqtisodiyot ishlari noziri», «Iqtisodiyot Kengash a’zosi», «Markaziy ijroiya qo‘mitasi raisi» kabi mas’ul vazifalarda bo‘lganligi, Afg‘onistonga o‘tib ketgan ko‘p ming sonli muhojirlarni o‘z yurtiga qaytarishdagi xizmati, BXSR manfaati yo‘lida muhojirlikka chiqib ketishining sabablari dalillangan;
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning xorijda Turkiston mustaqilligi uchun milliy muholifat kurashlarida ishtirok etganligi, Turkiston Milliy Birligi Komitetida faoliyat yuritganligi, «Yeni Turkistan (Yangi Turkiston)» jurnalining ta’sischisi, muhojir o‘zbeklar (turkistonliklar) milliy uyushmalarining ilk rahbari va tashkilotchisi bo‘lganligi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning yoshlikda Turkiston o‘lkasi bo‘ylab qilgan sayohatlari, 1898 yil Andijon qo‘zg‘olonidagi ishtiroki ijtimoiy-siyosiy qarashlarining shakllanishiga ta’sir etgani, Bog‘chasaroy, Qozon va Ufa, Istanbulga safar qilgani, uning jadid namoyondalari va «Yosh turklar»ning o‘nlab vakillari bilan shaxsiy muloqotlari, uning jadidchilik harakatlarida faoliyati, tatar maktablari faoliyatidagi ishtiroki, yangi usul maktabiga asos solgani va o‘quvchilarni savodini chiqarishdagi faoliyati, Turkiston o‘lkasi hamda Buxoro amirligida ozodlik uchun kurashlardagi tashviqot-targ‘ibot sohasidagi yo‘lboshchilardan biri bo‘lgani oid yangi dalillar va ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 12 iyuldagi 167-son ma’lumotnomasi). Natijalar Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaev haqidagi ekspozisiyaning yanada qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishida, tashrif buyuruvchilarning tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
BXSR milliy hukumati tarkibida mas’ul vazifalardagi faoliyati, jumladan, muhojirlarni o‘z yurtiga qaytarishdagi xizmati, BXSR manfaati yo‘lida muhojirlikka chiqib ketishining sabablari, xorijda Turkiston mustaqilligi uchun milliy muholifat kurashlarida ishtirok etgani, Turkiston Milliy Birligi Komitetida faoliyat yuritgani, «Yeni Turkistan (Yangi Turkiston)» jurnalining ta’sischisi muhojir o‘zbeklar (turkistonliklar) milliy uyushmalarining ilk rahbari va tashkilotchisi bo‘lgani bilan bog‘liq ilmiy yangiliklar doirasidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 dekabrdagi 02-40-1891-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarga Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning adolatli va millatparvar shaxs bo‘lganligi, Turkiston Milliy Birligidagi faoliyati to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlar etkazib berilishida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish