Tagaeva Sayyora Ulashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nemis va o‘zbek tillarida Mutter/Ona konseptining lingvokul`turologik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1285.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camarqand davlat universiteti.
IKfaoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahmatova Mehriniso Musinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek lisoniy ongida Mutter/Ona konseptual-kognitiv freymining ob’ektivlashtirilishini hamda ularning lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qardosh bo‘lmagan madaniyatlarda Mutter/Ona konseptining prototipik qolipi, umumiy freymni shakllantiruvchi subfreymlar ierarxiyasi tasvirlanib, ularning struktur tarkibi, nominativ-semantik hajmi, metaforik modifikatsiya chegaralari aniqlangan;
nemis va o‘zbek madaniyatlarida Mutter/Ona kognitiv madaniy freymini shakllantiruvchi konseptual metaforalarning qiyoslanayotgan madaniyatlarga xos ijtimoiy-madaniy ma’no ko‘chishlarining funksional-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
taqqoslanayotgan madaniyatlarda Mutter/Ona kognitiv madaniy freymi va uning tarkibiy qismlariga xos universal va idioetnik xususiyatlarni mujassamlashtiruvchi onalik tushunchasini voqelantiradigan lisoniy vositalar qiyosiy lingvokul`turologik jihatdan dalillangan;
akademik turdagi izohli lug‘atlar hamda ixtisoslashtirilgan lug‘atlardan foydalanish negizida nemis va o‘zbek madaniyatlarida Mutter/Ona kognitiv madaniy freymini ifodalashning lisoniy vositalari leksikografik jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Nemis va o‘zbek tillarida Mutter/Ona konseptining lingvokul`turologik tahlili” mavzusidagi tadqiqotdan chiqarilgan ilmiy natijalar asosida:
qardosh bo‘lmagan madaniyatlarda Mutter/Ona konseptining prototipik qolipi, umumiy freymni shakllantiruvchi subfreymlar ierarxiyasi tasvirlanib, ularning struktur tarkibi, nominativ-semantik hajmi, metaforik modifikatsiya chegaralariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan  2012-2016 yillarda bajarilgan FA – F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 283-son ma’lumotnomasi hamda 286-son dalolatnomasi). Natijada, o‘zbek ta’lim tizimida ona tushunchasining tillararo leksik manzarasini o‘rganish ӽaqidagi xulosalar oliy o‘quv yurti talabalarida tillararo va madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va milliy qadriyatlar soӽasidagi bilim-ko‘nikmalarni xalqarolashtirish imkonini bergan;
nemis va o‘zbek madaniyatlarida Mutter/Ona kognitiv madaniy freymini shakllantiruvchi konseptual metaforalarning qiyoslanayotgan madaniyatlarga xos ijtimoiy-madaniy ma’no ko‘chishlarining funksional-semantik xususiyatlariga doir materiallardan Evropa Ittifoqining Eracmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 3272/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar Mutter/Ona tushunchalari haqida o‘zbek va nemis madaniyatida shakllangan obrazli va qadriyatli tasavvurlarni tahlil qilish, ularning diskursiv taqdim etilish usullarini o‘rganish o‘zbek oliy ta’lim tizimida chet tilni mutaxassislik predmeti sifatida o‘qitish jarayonida virtual resurslar yaratish bergan;
taqqoslanayotgan madaniyatlarda Mutter/Ona kognitiv madaniy freymi va uning tarkibiy qismlariga xos universal va idioetnik xususiyatlarni mujassamlashtiruvchi onalik tushunchasini voqelantiradigan lisoniy vositalar qiyosiy lingvokul`turologik jihatdan dalillanganligiga doir materiallardan Evropa Ittifoqining TEMPUS+ dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS -1-2013-1-UK- TEMPUS_JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 2707/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy maktablarda Mutter/Ona konsept-etimonining prototipik modelini yaratish va umumiy freymni shakllantiruvchi subfreymlar ierarxiyasini tasvirlashdagi o‘ziga xos etnomadaniy farqlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu konseptning prototipik modeli va konseptual-kognitiv freymdagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq tajribalar, so‘rovnomalar o‘tkazish imkonini bergan;
akademik turdagi izohli lug‘atlar hamda ixtisoslashtirilgan lug‘atlardan foydalanish negizida nemis va o‘zbek madaniyatlarida Mutter/Ona kognitiv madaniy freymini ifodalashning lisoniy vositalari leksikografik jihatdan dalillanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvining 2021 yil 26 oktyabrdagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 01-11/531-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvda nemis va o‘zbek tillaridagi asarlarda, xususan, til diskursida, ya’ni, nutq jarayonida olam manzarasining turli sub’ektlari tomonidan muayyan shaxs olam manzarasi nuqtai nazaridan, masalan, ma’lum bir yozuvchining asarlarida; muayyan ijtimoiy guruh vakillari olam manzarasi nuqtai nazaridan mujassamlashtirilishi, uning asosida ona konsepti mazmuni to‘liq tasavvur etilishi va tilda tegishli lisoniy birliklar – so‘zlar, so‘z birikmalari va frazeologizmlar hamda paremiologik birliklar sifatida samarali qo‘llanilishi haqida mulohazalar yuritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish