Sayitxonov Akmalxon Axatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyatning ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal331.
Ilmiy rahbar: Mamatov Mamajon Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Islomjon Abdullaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyatning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs innovatsion faoliyatida novatorlikning fundamental xususiyatidagi ilmiy gnoseologik qiziqishning ijtimoiy borliqqa progressiv ta’siri amaliy- empirik faoliyatning tadbirkorlik madaniyati yuksalishi orqali iqtisodiy bilimlar generatsiyasi, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga integratsiyalashuvi ochib berilgan;
innovatsion faoliyat sub’ektlarida tadbirkorlik madaniyatini innovatsion loyihaning texnikaviy yoki iqtisodiy xususiyatlariga ko‘ra uning amalga oshish yoki oshmaslik xavflarini ssientiv baholash asosida sotsium hayotini ilmiy-texnologik takomillashtirishga yo‘naltirish zarurati epistemologik jihatdan asoslangan;
tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyat modellarining ijtimoiy innovatsion muhitdagi transformatsiyasi milliy identiklikka mos an’anaviylik va zamonaviy dialektikasi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
yoshlarda tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish orqali yangi innnovatsion va investision muhitni shakllantirishda innovatsion faoliyatning ijtimoiy-madaniy asoslari bo‘lgan innovatsion intellekt va biznes-kreativ faollikni ekstrovertiv va introvertiv tarzda namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyatning ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxs innovatsion faoliyatida novatorlikning fundamental xususiyatidagi ilmiy gnoseologik qiziqishning ijtimoiy borliqqa progressiv ta’sirining amaliy- empirik faoliyatning tadbirkorlik madaniyati yuksalishi orqali iqtisodiy bilimlar generatsiyasi, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga integratsiyasiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Biznes va yoshlar” deb nomlangan dastur loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 7 yanvardagi 3-13-23-19-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh tadbirkorlarni innovatsion faoliyati asosida tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish va milliy o‘zlikni anglagan ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga doir targ‘ibot tadbirlarini metodologik asosi takomillashishiga xizmat qilgan;
innovatsion faoliyat sub’ektlarida tadbirkorlik madaniyatini innovatsion loyihaning texnikaviy yoki iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning amalga oshish yoki oshmaslik xavflarini ssientiv baholash asosida sotsium hayotini ilmiy-texnologik takomillashtirishga yo‘naltirish zarurati epistemologik jihatdan asoslashga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarining 46-bandi «Zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish mamalakat taraqqiyotining garovidir» mavzusida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda ko‘rsatuv va reklama roliklari tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 4 avgustdagi 02/08-892 son dalolatnomasi). Natijalar mamlakatda tadbirkorlarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilim darajasini oshirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyat modellarining ijtimoiy innovatsion muhitdagi transformatsiyasi milliy identiklikka mos an’anaviylik va zamonaviy dialektikasi praksiologik yondashuv asosida ochib berishga oid xulocalapidan O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi hududiy dasturining 6-bo‘lim 2-bandidagi «Tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini o‘rganish va ijrosini ta’minlash» deb nomlangan vazifalar ijrosini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi 01-27/984-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston liberal-demokratik partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni hal etishga xizmat qilgan;
yoshlarda tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish orqali yangi innnovatsion va investision muhitni shakllantirishda innovatsion faoliyatning ijtimoiy-madaniy asoslari bo‘lgan innovatsion intellekt va biznes-kreativ faollikni ekstrovertiv va introvertiv tarzda namoyon bo‘lishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlarning xizmat sifati va samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar” qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 2 noyabrdagi 11/05-15-9238-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy farovonlikni yaratishga xizmat qilgan.