Jalilov Ixtiyor G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qashqadaryo vohasi aholisining xalq o‘yinlarining transformatsiyasi (tarixiy-etnologik  tahlil)”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar742.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Ochil, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovna, tarix fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Mavlyuda Hamzaevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo vohasi xalq o‘yinlari milliy kurash va ko‘pkarining o‘ziga xos etnohududiy xususiyatlari va transformatsiya jarayonlarini tarixiy-etnologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo vohasiga xos kurash, ko‘pkari kabi an’anaviy o‘yinlarning tarixiy ildizlari ilk temir davriga oid Erqo‘rg‘on, Kesh va Nasaf singari obidalarga borib taqalishi va “halol”, “yonbosh”, “chala”, “uloq”, “chopag‘on”, “bakovul” kabi atamalarning milliy xalq o‘yinlarida aks etishi ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelganligi aniqlangan;
voha xalq o‘yinlariga xos or-nomus, shijoat, tantilik, mardlik, botirlik kabi tushunchalarning boshqa mintaqalardan o‘ziga xos tartiblari bilan ajralib turganligi, ushbu o‘yinlar yoshlarda chaqqonlik, hushyorlik, halollik, raqibni hurmat qilish, mehmonnavozlik, bag‘rikenglik kabi insoniylik fazilatlarni shakllantirganligi dalillangan;
 Qashqadaryo vohasida  o‘zbek milliy kurashi o‘ziga xos qat’iy qoida va me’yorlarga asoslanib, yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan etnomadaniy meros sifatida qadrlanishi dalillangan;
mintaqada kechgan tarixiy, etnik, tabiiy-geografik va xo‘jalik-madaniy jarayonlar natijasida keng ommalashgan ko‘pkari o‘yini asosida mardlik, jasurlik, botirlik, halollik, mehr-oqibat kabi xususiyatlar mujassamlashgani asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasi aholisining xalq o‘yinlarining transformatsiyasining tarixiy-etnologik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Qashqadaryo vohasiga xos kurash, ko‘pkari kabi an’anaviy o‘yinlarning tarixiy ildizlari ilk temir davriga oid Erqo‘rg‘on, Kesh va Nasaf singari obidalarga borib taqalishi va “halol”, “yonbosh”, “chala”, “uloq”, “chopag‘on”, “bakovul” kabi atamalarning milliy xalq o‘yinlarida aks etishi ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelganligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan jamoatchilikni, xususan yosh avlodni sog‘lom, baqquvvat, ma’naviy pok va vatanparvar qilib tarbiyalash bo‘yicha targ‘ibot ishlarida tashkilotning ma’naviy-ma’rifiy soha bo‘yicha ko‘rsatuvlarni tayyorlash faoliyatida  foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 3 iyundagi 01-06-821-son, 2022 yil 15 iyundagi 02-06-932-son ma’lumotnomalari). Bu esa, aholi o‘rtasida voha xalq o‘yinlariga xos or-nomus, shijoat, tantilik, mardlik, botirlik kabi tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan; 
kurash va ko‘pkarining Qashqadaryo vohasiga xos turlari, ot bilan bog‘liq anjomlari, chavandozning kiyinish madaniyati, zamonaviy sport bilan uyg‘unlashuvi, transformatsiyasi, uning tarixiy-madaniy hamda  lokal xususiyatlarini saqlab qolish yo‘llarini aniqlashga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qarshi, Shahrisabz shaharlarida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini uyushtirishda  foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 29 iyundagi 187-son ma’lumotnomasi). Natijada kurash va ko‘pkarining Qashqadaryo vohasiga xos qadimiy va zamonaviy qonun-qoidalar uyg‘unlashtirilib, yoshlarni ushbu jarayonga jalb etish bo‘yicha  huquqiy-me’yoriy hujjatlar yaratilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish