Kuvshinova Margarita Feliksovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uchbosh-Qarshi fleksura-uzilmali zonasining geologik-geofizik modeli va yura-paleozoy oralig‘ining neft`-gazliligini bashoratlash», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/GM138.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti DM, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ofur, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Atabaev Dilshod Xusanbaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: seysmik razvedkaning MOGT-2D va 3D materiallarini burg‘ilash ma’lumotlariga bog‘lagan holda sistemali qayta izohlash asosida Uchbosh-Qarshi fleksura-uzilmali zonasining yura-paleozoy intervalining ichki tuzilishini va neftgazlilik istiqbolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiq qilinayotgan ob’ektning geologik-geofizik modeli ishlab chiqildi, u teng masofada ketma-ket joylashgan ko‘ndalang va kvaziko‘ndalang seysmogeologik kesmalar hamda asosiy strukturaviy yuzalar bo‘yicha asosida tuzilgan strukturaviy-tektonik xaritalar majmuasi ishlab chiqilgan;
geodinamikaning ostki surilma-siljimali xususiyatiga mos holda o‘zaro tutashgan qiya va surilma- uzilmali buzilishlarning yaxlit sistemasi aniqlandi va xaritaga tushirildi, ularning 4 ta segmentga birlashtirilgan 16 ta alohida uchastkalardan iboratligi isbotlangan;
yura-paleozoy oralig‘ining uglevodorod potensiali aniqlandi, u o‘z ichiga o‘rta-yuqori yura karbonat yotqiziqlaridagi tektonik to‘silgan tutqichlar guruhiga ega bo‘lgan neft` va gaz konlarini hamda kesim bo‘yicha pastroqda yotgan o‘rta-yuqori yura yotqiziqlaridagi bashorat qilingan qiyiqlanish zonalari va daryo o‘zani fatsiyalarini, tutashgan paleozoy lokal antiformalari hamda metamorfik va granitoid massivlarning ko‘milgan erozion do‘ngliklarini o‘z ichiga olishi aniqlangan;
barcha turdagi lokal ob’ektlarni va uzilmali-buzilishlar tizimini hamda ular ta’sirida hosil bo‘lgan bloklarning mahalliy shaklini hisobga olgan holda Uchbosh-Qarshi fleksura-uzilmali zonasidagi yura-paleozoy oralig‘ining uglevodorod potensialini kelgusida o‘zlashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uchbosh-Qarshi fleksura-uzilmali zonaning ishlab chiqilgan geologik-geofizik modeli bo‘yicha yura-paleozoy oraliqlarida bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axrab strukturasining tayanch gorizontlari bo‘yicha tuzilgan struktura xaritalari «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3486-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta-yukori yura davri karbonat yotqiziqlari torkibidi aniqlangan Axrab strukturasi aniq xaritalandi va uning strukturaviy tuzlishini O‘chbosh-Qarshi fleksura-uzilmali zona bilan nazorat qilish imkonini bergan;
lokal Uluyuk strukturasida MOGT-2D dala seysmik razvedka ishlarining eng maqbul tizimi «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3486-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam iqtisodiy xarajatlar bilan seysmik ma’lumotlarning axborot mazmunini oshirish imkonini bergan;
istiqbolli Yangi Zekri strukturasini chuqur burg‘ilashga tayyorlash maqsadida mufassal-izlov seysmik razvedka ishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3486-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi Zekri geologik modeli qurildi va strukturasi chuqur burg‘ilashga tayyorlash uchun tavsiya etilgan, buning natijasida uglevodorod xom ashyosi resurslari miqdorini orttirish imkonini bergan.