Usmanov Dilshod Erkinbayevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zani biotexnologik liniyalarini rivojlanayotgan urug‘kurtaklardan klonlangan sintetik RNKi vektorlari asosida olish», 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B353.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Zabardast Tojiboevich,  biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning FRS10 (Farl-Related Sequence 10) genini tutgan pSyn-FRS10 genetik konstruksiyasi (№IAP 06898).
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning G.hirsutum turiga mansub navlarining urug‘kurtaklaridan klonlab olingan Gh_sRNA5dpa12 kichik RNK sining funksiyasini sintetik oligonukleotid duplekslari yordamida RNK-interferensiyalash asosida RNKi konstruksiyasiga ega regenerant o‘simliklarni ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bioinformatik dasturlar yordamida topilgan Gh_sRNA5dpa12 kichik RNK sining biologik va molekulyar funksiyalari aniqlangan;
bioinformatik dasturlar yordamida g‘o‘zada Gh_sRNA5dpa12 kichik RNK sining nishon geni aniqlangan;
g‘o‘za Gh_sRNA5dpa12 kichik RNKsi asosida sintetik RNKi pART27_Gh_sRNA5dpa12 dupleks vektor konstruksiyalar tuzilgan;
in vitro usullari qo‘llanilib RNKi pART27_Gh_sRNA5dpa12 dupleks vektor konstruksiyasi g‘o‘za G. hirsutum L.(Koker-312) o‘simliklari to‘qimasiga transformatsiya qilish orqali yangi biotexnologik genotiplar olingan;
pART27_ Gh_sRNA5dpa12 RNKi T2 avlod o‘simliklaridan vektor konstruksiyasiga ega bo‘lmagan Nol segregant o‘simliklar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zani biotexnologik liniyalarini rivojlanayotgan urug‘kurtaklardan klonlangan sintetik RNKi vektorlari asosida olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning rivojlanayotgan urug‘kurtaklaridan klonlangan sintetik RNKi vektorlari asosida olingan biotexnologik liniyalar Genomika va bioinformatika markazida bajarilayotgan seleksiya ishlarida erta gullaydigan va tola sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan noyob biotexnologik g‘o‘za navlarini yaratishda boshlang‘ich manba sifatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 07/22-04/6732-son ma’lumotnomasi). Natijada, genetik konstruksiya qo‘llangan g‘o‘za o‘simliklarida tola chiqimi oshgan, xosil elementlari ko‘pligi xisobiga xosildorlikni 17,9% ga oshirish imkonini bergan;
o‘rta tolali g‘o‘za (G.hirsutum) turi uchun RNK interferensiya (RNKi) texnologiyasini joriy etib, o‘zida sifat va miqdor belgilarini yaxshilovchi RNK vektor konstruksiyalarini tutgan boshlang‘ich seleksion namunalar yangi intensiv tipdagi g‘o‘za navlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 07/22-04/6732-son ma’lumotnomasi). Natijada, tola sifati yaxshilangan, xosildor va ertapishar istiqbolli yangi g‘o‘za navlarini yaratish imkonini bergan;
genomida FRS10 (Farl-Rlated Sequence 10) genini tutgan pSyn-FRS10 genetik konstruksiyasini tutgan liniyalar va ularni mahalliy navlar bilan duragaylash orqali olingan biotexnologik liniyalar Genomika va bioinformatika markazidagi “G‘o‘za germoplazma”si noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 21 iyuldagi 4/1255-1697-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar g‘o‘za kolleksiyasini boyitish va genetik xilma-xillikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish